Dengiz suvini chuchuklashtiruvchi qurilma ishlab chiqildi

    Janubiy Ural davlat universiteti mutaxassislari sho'r dengiz suvini chuchuklashtiruvchi hamda yer osti suvini tozalashda distillash vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga mo'ljallangan qurilma ishlab chiqishdi va uni patentlashdi.

    Dizaynning o'zi juda oddiy, u quyosh panellari bilan ishlaydi va kelajakda toza suv yetishmovchiligi muammosida asqatadi.

    Dengiz va okeanlarda, shuningdek, yer ostida katta zaxiraga ega suv mavjud, shu bois suv ta'minoti muammosiga echim bo'la oladi. Biroq bunday suvni yuqori sifatli qilib, to'liq tozalash uchun dunyoda hali ham munosib tizim mavjud emas.

    Ushbu muammoni hal qilish uchun universitet olimlari o'zlarining porshenli silindr ko'rinishidagi qurilmani taklif qilishdi, uning ishlashi ichki yonuv dvigatelining ishlashiga o'xshaydi. Porshen ko'tarilganda, sho'r suv kiradi, bosimning pasayishi uning qaynashiga yordam beradi, shundan so'ng porshenning bir xil bosimi bug'ni tezda toza suvga kondensatsiya qiladi. Keyin sho'r suv maxsus idishga quyiladi, kondensat o'z idishiga chiqariladi va jarayon takrorlanadi.

    Zanglamaydigan po'latdan yasalgan, 1000 x 200 x 200 mm o'lchamdagi qurilma prototipi kuniga bir kishi uchun yetarli bo'lgan uch litrgacha tozalangan ichimlik suvini ishlab chiqarishga qodir. U quyosh panellari bo'lgan va taxminan 1 kVt soat quvvat sarflaydigan modulga ega. Albatta, qurilmani kattalashtirish mumkin va nazariy jihatdan qurilma har kuni taxminan 15 tonna toza suv ishlab chiqarishga qodir.

    Universitet mutaxassislari turli xil tarkibli dengiz suvidan foydalangan holda to'liq sinovlarni o'tkazishni rejalashtirmoqda. So'ngra o'zlarining ixtirolarini – ham maishiy, ham sanoat miqyosida bozorda suv tanqisligi bo'lgan hududlarda targ'ib qilish masalasini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi techcult.ru.