Xususan, pomidor tarkibida saraton kasalligining oldini olishga yordam beruvchi antioksidant likopen mavjud.

“Masalan, erkaklarda prostata saratonini oldini olishda likopenning ta'siri isbotlangan”, deb tushuntirdi mutaxassis va bu antioksidant termik ishlov berilganidan so'ng faollashishini ta'kidladi.

Pomidorda S vitamini ham mavjud. Bu immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Tomatdagi oziq-ovqat tolasi oshqozon-ichak yo'llari faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, sabzavot tarkibidagi mikroelementlar (masalan, magniy va kaliy) tananing suv-tuz muvozanatini saqlashga yordam beradi.