Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turnirining so‘nggi kuni davom etayotgan bo‘lsa-da, musobaqa biz uchun yakuniga yetib ulgurdi.

Kecha -81 kg vazn toifasida oltin medal uchun tatamiga chiqqan dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev ancha nomdor sportchi, asli eronlik, hozirda Mo‘g‘uliston mamlakati sharafini himoya qilayotgan Said Mullai bilan bahs olib borib oltin medal bilan birga Tokio-2020 olimpiadasi yo‘lida qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritgan edi.

Bugungi bahslardagi so‘nggi sportchimiz Alisher Yusupov ham mag‘lubiyatga uchradi. Bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida tatamiga chiqqan +100 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz belaruslik Aleksandr Vaxavyakka yutqazib, 7-o‘rin bilan kifoyalandi. Katta tanaffusdan so‘ng safga qaytgan Alisher Isroildagi turnirdan 260 reyting ochkosi ishlab oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Tel-Aviv "Katta Dubulg‘a" turnirini 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Oltin.

Sharofiddin Boltaboyev.

Bronza.

Sardor Nurillayev;

Muhriddin Tilovov.

Bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilarimiz mos ravishda 1000 hamda 500 reyting ochkosini o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘yishdi.