Ekologik ekspertiza obyektlari quyidagilardan iborat va ular davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart:
— barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari;
— loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
— tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yoʻriqnomalarning loyihalari;
— chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;
— atrof-muhitning holatiga va inson sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;
— maxsus huquqiy rejimga ega boʻlgan obyektlar.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega boʻladi:
— atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari boʻyicha – xulosa berilgan kundan eʼtiboran 3-yil mobaynida;
— ekologik normativlar loyihalari boʻyicha – xulosa berilgan kundan kundan eʼtiboran 5-yil mobaynida.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.