Qayd etilishicha, Elektr energetika nazorat inspeksiyasiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 13 879 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalarini ekspertizadan oʻtkazib berish yuzasidan murojaat kelib tushgan boʻlib, oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazib berildi. Shu bilan birga umumiy quvvati 705,11 ming.kVt boʻlgan 3 837 ta tadbirkorlik subyektining elektr qurilmalari tarmoqqa ulanib amaliy yordam koʻrsatildi.
Shuningdek, elektr energetika sohasidagi korxonalarda 107 ta nazorat tadbiri oʻtkazilib, elektr tarmoq xoʻjaliklarida amaldagi normativ-huquqiy hujjat talablariga javob bermaslik holatlari boʻyicha 2 333 ta qoidabuzilish aniqlandi. Texnika xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari aniqlangan 68 ta brigada ishlari toʻxtatildi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalar oldi olindi.
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulangan isteʼmolchilar yuzasidan 265 ta tadbir oʻtkazilib, tizimga 5,9 mlrd.soʻmlik zarar keltirish holatlari aniqlandi.