Bu yo'nalishdagi ishlarni yuqori bosqichga ko'tarishda Innovatsion rivojlanish vazirligi oldiga ham katta vazifalar qo'yilgan. Vazirlik tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarini shakllantirish va monitoring qilishning yangi va samarali tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Bugungi kungacha ushbu yo'nalishda 34 ta tanlov e'lon qilindi. Ular orasida o'zbek tili va adabiyotini tadqiq etish masalalari ham salmoqli o'rin tutadi. Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti olimlari tomonidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilayotgan “O'zbek tilida neyming: me'yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida ishlab chiqarish, savdo inshootlari, kompaniya, firma va mahsulotlarga nom qo'yish jarayonini engillashtirish, milliy an'analarimiz va mentalitetimizga yot nomlar berilishining oldini olish, “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini ta'minlash yuzasidan uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqilib, nomlar zaxirasi yaratildi. Universitetda “O'zbekcha nomlash laboratoriyasi” hamda internet tarmog'ida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun uznom.uz sayti faoliyati yo'lga qo'yildi. Ushbu sayt vositasida tadbirkorlar o'zlari ochayotgan yangi firma, korxona, savdo inshootlari hamda ishlab chiqargan yangi mahsulotlari uchun o'zbekona nom tanlash imkoniga ega bo'ladilar. Prezidentimiz o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasida jamoat joylarida, ko'chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko'pincha xorijiy tillarda, ma'naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilayotganini alohida qayd etgan edi. Mazkur xizmat turi yordamida nom qo'yish jarayonida o'zbek tili me'yorlarining buzilishi holatlariga chek qo'yiladi. Universitetda bajarilayotgan “O'zbek tilidan ingliz tiliga badiiy asarlarni tarjima qilish uchun elektron lug'at yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha natijasida o'zbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga badiiy tarjima qilish sifatini keskin oshiradigan o'zbek-ingliz badiiy tarjima lug'ati yaratiladi, o'zbek va ingliz tillarida inson qiyofasi, fe'l-atvori, tabiat tasviriga oid badiiy tasvirlarni o'z ichiga olgan rasmli elektron poetik lug'at ishlab chiqiladi. Mazkur elektron lug'at ijod namunalari leksikasini to'liq qamrab oladi, tasvirlar orqali aks ettiradi va o'z internet sahifasiga ega bo'ladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi bilan hamkorlikda 4,4 milliard so'm qiymatdagi tematik mavzularni shakllantirdi. Mazkur tanlov o'zbek tilining jamiyatdagi va xalqaro miqyosdagi mavqei hamda nufuzini oshirish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida davlat tilining to'laqonli joriy etilishi bo'yicha mavjud muammolarning ilmiy echimini ta'minlash, davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tanlovga vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalaridan 28 ta loyiha taqdim etildi. Dastlabki texnik ekspertiza natijalariga ko'ra, ilmiy ahamiyati yuqori, o'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini tubdan oshirish, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta'minlashga qaratilgan 15 ta ilmiy loyiha bugungi kunda vazirlik huzuridagi Filologiya, psixologiya, pedagogika fanlari bo'yicha ilmiy-texnik kengash tomonidan ilmiy ekspertizadan o'tkazilmoqda. Tanlovda “jadid.uz” elektron platformasini yaratish” innovatsion, “O'zbek tilining milliy korpusini yaratish”, “O'zbek tilini xorijiy til sifatida o'qitishning metodik ta'minoti bo'yicha elektron platforma yaratish”, “YAngi avlod o'quv lug'atlari va ularning mobil` ilovalarini yaratish” kabi mavzularda amaliy loyihalar ham e'lon qilindi. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “...biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab etadi”, deb alohida ta'kidlagan edi. Vazirlik e'lon qilgan “jadid.uz” elektron platformasini yaratish” innovatsion loyihasining bajarilishi natijasida jadidchilik harakati, adabiyoti va dramaturgiyasi, jadidlarning milliy til va imlo masalalariga munosabati keng yoritilgan elektron platforma yuzaga keladi. Ilmiy tadqiqot natijasida jadidchilik harakati, jadid adabiyoti va dramaturgiyasiga oid manbalar, tadqiqotlar o'rganiladi, tahlil qilinadi, shu davrda “Oyina”, “Inqilob”, “Haqiqat”, “Maorif va o'qituvchi” jurnallari, “Sadoyi Turkiston”, “Ishtirokiyun”, “Turkiston”, “Qizil O'zbekiston”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Farg'ona”, “Zarafshon”, “Buxoro axbori” kabi gazetalarda bosilgan materiallar joriy imloga o'tkaziladi. Milliy korpus — milliy til xazinasi. Undan lingvist, leksikograf, komp`yuter lingvistlari, dasturchi, muharrir, tarjimon, jurnalist, noshir, olim, o'qituvchi, ta'lim oluvchi kabi juda ko'p soha mutaxassislari keng foydalanadi. Ayniqsa, ona tili va chet tillarni o'qitish hamda o'rganish borasida korpuslarning o'rni beqiyos. Bugun dunyo miqyosida til o'rgatish tizimi korpuslarga yo'naltirilayotgani sir emas. SHu bois, ta'lim, sheva, poetik, og'zaki, ilmiy va rasmiy matnlardan iborat mikrokorpuslarning tuzilayotgani e'tiborga molik. Biroq o'zbek tili korpusini yaratish ishi ortga surib kelinayotgan edi. Vazirlik e'lon qilgan “O'zbek tilining milliy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ana shunday maqsadga qaratilgan. Prezidentimizning 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish sohasida lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida “O'zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko'paytirib borish, 2020 yilda o'zbek tilining lug'at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug'at yaratish belgilangan. “YAngi avlod o'quv lug'atlari va ularning mobil` ilovalarini yaratish” amaliy loyihasi ana shunday maqsad va vazifalar ijrosiga qaratilgan. Ushbu loyiha doirasida umumta'lim maktablarining 5–11-sinflari uchun “O'zbek tilining omonimlari o'quv lug'ati”, “O'zbek tilining paronimlari o'quv lug'ati”, “O'zbek tilining morfem o'quv lug'ati” uslubiy qo'llanmalari va o'quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yangi avlod o'quv lug'atlari va ularning mobil` ilovalari yaratiladi. “O'zbek tilini xorijiy til sifatida o'qitishning metodik ta'minoti bo'yicha elektron platforma yaratish” amaliy loyihasi o'zbek tilini xorijiy til
sifatida o'qitishning xalqaro standartlar talablariga mos metodik ta'minoti (til bilishning A1, A2, V1, V2 darajalari uchun darslik, lug'at, so'zlashgich va xrestomatiyalar)ning elektron platformasini yaratishga qaratilgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etish hamda lotin yozuviga asoslangan o'zbek tilidan to'liq foydalanilishini ta'minlash maqsadida “Innovative Developers” (www.idev.uz) korxonasi bilan hamkorlikda kirill yozuvidagi matnlarni lotin yozuviga o'giradigan dasturiy ta'minot yaratdi. Bu dastur Word fayllarida ishlaydi, matnlarni xatosiz va formatini buzmasdan u yozuvdan bu yozuvga o'giradi. Mazkur dastur joriy yil 21 oktyabrda, ya'ni O'zbek tili bayrami kunida barcha vazirlik va idoralarga, tashkilot hamda hokimliklarga beg'araz taqdim etildi. Bugungi kunda Namangan davlat universitetida bajarilayotgan “O'zbek fol`klorining veb-sayti va mul`timedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihadan asosiy maqsad o'zbek fol`klori tarixi, taraqqiyoti, bugungi milliy madaniyatimizda tutgan o'rnini targ'ib etishga qaratilgan ilmiy to'plam,
veb-sayt va ios, Android platformalari uchun mobil` ilova yaratishdan iborat. entsiklopedik xususiyatga ega bo'lgan ushbu loyiha natijasida o'zbek fol`klori tarixi va taraqqiyotini bugungi kun talablari asosida targ'ib etgan materiallar tadqiq etiladi, ular asosida ilmiy nashrlar amalga oshiriladi, o'zbek fol`klorining o'ziga xos xususiyatlari ilmiy tadqiqot, audio va videomateriallar vositasida namoyish etiladi. “O'zbek adabiyotining ko'p tilli (o'zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha milliy adabiyotimiz tarixi, taraqqiyot davrlari, adabiy jarayonda kechayotgan o'zgarishlar va jahon adabiyotida tutgan o'rnini targ'ib etishga qaratilgan ko'p tilli elektron platforma yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'zbek va SHarq tillarini uzviy ravishda tadqiq qilish, qadimgi qo'lyozmalarni yurtimizga qaytarish ishlarini tashkil etish maqsadiga qaratilgan yana bir innovatsion loyiha doirasida Finlyandiya, Niderlandiya, Frantsiya, Italiya, Germaniya, Avstriya kabi mamlakatlarda saqlanayotgan, O'zbekistonda mavjud bo'lmagan turkiy qo'lyozmalarning ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi, qo'lyozmalarning ilmiy tavsifi, “Yevroturcologika.uz” vebsayti yaratiladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi iqtidorli yosh olimlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalari tanlovini e'lon qilgan edi. Tanlovning asosiy maqsadi iqtidorli va iste'dodli yosh olimlarning ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat. Mazkur tanlovda boshqa fanlar bilan chambarchas tarzda o'zbek tili tadqiqotini olib borish masalasiga misol sifatida “Matematika fanidan o'zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillaridagi izohli lug'at onlayn platformasini yaratish” innovatsion loyihasini keltirishimiz mumkin. Bu loyiha natijasida uzluksiz ta'lim tizimida matematika faniga oid atamalarning o'zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillaridagi izohli lug'atlar bazasini yaratish, onlayn platformaga bosqichma-bosqich ravishda matematika faniga oid atamalarni tushuntirishning animatsion (video) fayllarini joylashtirib borish, matematika faniga oid atamalarning o'quvuslubiy ta'minotini yaratish, onlayn platformaning mobil` ilovasini yaratish ko'zda tutilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Vatan, xalq kelajagi, o'zlikni anglash, o'z ona tilining sofligini ta'minlash yo'lida ogoh, fidokor bo'lmaslik mumkin emas. Bu da'vatkor so'zlar hech vaqt o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. CHunki qadriyati mustahkam xalqimiz tilimizga e'tiborini hech ham susaytirmaydi.
Noibaxon MAMADALIEVA,
Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy kotibi, filologiya fanlari doktori









