Hujjatda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash vazifalari tasdiqlandi.
Unga koʻra, mazkur Qonunining 29-moddasida diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning daʼvolari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyxati Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qaror bilan diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning daʼvolari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyxati tasdiqlandi.
Hukumat qarorida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilangan.