Mazkur reys Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan,  O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlari orqali olib kelish maqsadida Toshkent – Rostov-Don – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha temir yo‘l qatnovini amalga oshiruvchi poyezd 19 avgust kuni Toshkentdan jo‘nab ketdi. Gnilovskaya – Toshkent yo‘nalishida ushbu poyezd orqali 918 nafar hamyurtimiz 26 avgust kuni  O‘zbekistonga olib kelinadi.

Mazkur yo‘lovchi poyezdi yo‘l davomida faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, yaʼni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezd O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

«Ushbu reysda olib kelingan yo‘lovchilar Namangan viloyatining karantin zonalariga yuboriladi. Aynan shu jihatni inobatga olgan holda yo‘lovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olish maqsadida vokzalga tashrif buyurmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi Transport vazirligi xabarida.