Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda fuqaro I.U. boshqaruvidagi “DAMAS” rusumli avtotransport vositasida isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 250 kg mol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.