Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan IIB, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasida fuqaro Sh.X. hech qanday hujjatsiz jami 2950 kg yirik shoxli mol goʻshtini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkaziladi.