Tashkilotning asosiy maqsadi – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sharoitlari va turmush sifatini yaxshilashga koʻmaklashish, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunar taʼlimi tizimini takomillashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qoʻshish va boshqalardan iborat, deya xabar beradi Adliya vazirligi axborot xizmati.

Tashkilot taʼlim tizimidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda professional taʼlim tizimidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini 2021-2025-yillar davomida amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur loyiha byudjeti 4,8 million frankni tashkil etadi.