Olimlar havo ifloslangan hududlarda koronavirus bilan kasallanish holatlariga va u yerda joylashgan shifoxonalarning jihozlanishiga koʻproq eʼtibor qaratishga chaqirmoqda.
Tadqiqotlar havodagi ifloslantiruvchi zarrachalar taʼsiri infeksiyalar va kasalxonaga tushish sonini taxminan 10%ga, oʻlim koʻrsatkichlarini 15%ga oshiradi. Masalan, Yevropa mamlakatlari, AQSH va Xitoyda ifloslangan havo pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni yana-da ogʻirlashtirayotgani borasida dalillar koʻpayayotgani kuzatilmoqda.
Avvalroq Harvard universiteti olimlari havosi ifloslangan hududlarda koronavirusdan oʻlim darajasi yuqori boʻlishi haqida ogohlantirgan edi. Xususan, xavfli zarrachalardan doimiy nafas olish tufayli organizm zaiflashadi, oʻpka holati yomonlashadi va kasallikning ogʻir alomatlariga olib keladi .