Ikkinchi Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Nukusda oʻtkaziladi

    Madaniyat 7 Sentabr 2021 2362

    Baxshichilik sanʼatini respublika va xalqaro miqyosda keng targʻib qilish, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham oʻtkazish maqsadida ikkinchi Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish joyi etib Nukus shahri belgilandi.

    Festivalda mahoratli baxshilarni saralab olish maqsadida joriy yilning 12-14-sentyabr kunlari Nukus shahrida baxshilar oʻrtasida koʻrik-tanlov tashkil etiladi.

    Mazkur tadbirda ilmiy-amaliy konferensiyalar, xorijiy va Oʻzbekiston sanʼati ustalari hamda baxshi-shoirlar konsertlari oʻtkaziladi. Shuningdek, sayillar, baxshichilik sanʼati tarixiga oid koʻrgazma, oʻzbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar namoyishi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

    Festival doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan konferensiyani epidemiologik vaziyatni inobatga olgan onlayn va offlayn (gibrid) shaklda oʻtkazish rejalashtirilgan.