— Bobo, qarang, mana bu daraxt XV asrda ekilgan ekan.
—
Shunday, bolam, o‘sha paytda yaxshi niyat bilan ekilgan-da.
—
Yonidagilar ham shunday ekan. Beshta ekan. Ekilganigayam besh asrdan oshibdi.
Bularning yoshi qanday aniqlangan?
—
Aniqlash mushkul emas, muhimi, shu vaqtga qadar qirqilmaganida. Qara, o‘zi ham uzoq
tarixdan so‘ylab turibdi. Salobatiga e’tibor ber. Bular ne-ne kunlarga guvoh
bo‘lmagan deysan, bolam.
— Bobo, nega ziyorat
qilinadi?
— Qo‘lingdagi yaproqdek
telefoning bor-ku. Shuning ham quvvati tugab qoladi. To‘g‘rimi? Xuddi shunday,
goho turmush tashvishlaridan toliqib, insonning ham ruhiy quvvati kamayib
qoladi. Ana shunday damda ziyoratgohlarga kelib, odam o‘ziga kuch oladi.
Tetiklashadi.
— Sizning quvvatngiz
kamayib qoldimi?
— Ha, bolam. Yura qol,
tezroq borib ziyorat qilmasak, charchab o‘tirib qolaman.
O‘n yoshlar atrofidagi bola
bobosiga hayrat bilan boqqancha qo‘lidan mahkam ushlab oldi. Go‘yo quvvati tugagan
odamga tirgak bo‘layotgandek yura boshladi. Qariya esa ziyorat odobini nabirasiga
tushuntirib borardi.
Bobo va nabiraning
savol-javob qilib, etaklashib ketayotganini ko‘rib, havasim keldi. Majmua
maydonidagi besh asrlik tut daraxtlari bunday suhbatlarga ko‘p guvoh bo‘lgandir.
Ayniqsa, keyingi yillarda. Boisi, yaqin yillarga qadar bu manzilda buyuk alloma
qabri borligi haqida deyarli hech kim bilmagan. Bugun esa bu joy obod makonga
aylandi.
Moziyga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, Nasaf azal-azaldan dunyo ilm-fani va madaniyati ravnaqiga salmoqli hissa
qo‘shgan shaharlardan biri bo‘lib kelgan. Xususan, qadimiy qo‘lyozma va bibliografik
qomusiy asarlarni varaqlab ko‘rsak, bu barokatli kentdan ko‘plab olimu ulamolar
etishib chiqib, Nasafiy nisbas i bilan samarali ijod qilganining guvohi bo‘lamiz.
Shulardan biri Abul Muin
Nasafiydir. U islom dinini ichkaridan buzishga uringan, botil qarashli oqimlar
ilgari surg an g‘oyalarga qarshi kurashar ekan, har bir muammo (ixtilof)ga katta
e’tibor bilan yondashdi, dalillarni ham shunga muvofiq tanladi. Bu yo‘lda kalom
ilmi yo‘nalishidagi ust o zi Imom Abu Mansur Moturidiy qarashlarini rivojlantirishi
natijasida sodda va samarali dalillarni asoslab, targ‘ib qildi. Shu bois, uni
zamondoshlari “haqiqat qilichi” deya ulug‘lagan. Keyingi yillarda ko‘plab
allomalarimiz qatorida Abul Muin Nasafiyning hayoti va asarlarini ilmiy asosda
o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Alloma mangu qo‘nim topgan manzil obod go‘shaga
aylantirildi.
— Ancha yillar Qovchin mahallasiga raislik qilganman, — deydi Abu Muin
Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasi rahbari Muzaffar
Bozorov. — Shu qishloqda tug‘ilib o‘sganman. Ilgari bu hududda buyuk alloma
qabri borligi haqida umuman ma’lumotga ega emas edik. Ziyoratgoh haqida
tushunchamiz ham yo‘q edi. Bu yerda faqat eski masjid bo‘lgan. Shunda ham yo‘llari
tuproqli, qarovsiz holda edi. Qishloq keksalaridan boshqa biror kishi kelmasdi.
Bir chetda ko‘rimsizgina maqbara bor edi. Lekin kim uchun qurilgani, qab rda kim
yotgani ma’lum emasdi. Prezidentimiz Qashqadaryoga tashriflaridan birida shu
ziyoratgohga kelib, bu joyni obod qilish borasida ko‘rsatma berdi. Shundan so‘ng
hududda katta bunyodkorlik ishlari boshlanib ketdi. Usta-duradgorlar, malakali
hunarmandlar mehnati evaziga ziyoratgoh yaxlit majmua shakliga keltirildi. 2,1
gektar maydonni egallagan obida hududida yangi 500 o‘rinli masjid, kutubxona,
muze y, ma’muriy bino, tahoratxona va choyxonalar qurib bitkazildi. Majmua
hududidan o‘tuvchi kichik anhor rekonstruktsiya qilindi. Tashqi yo‘llarni zamonaviy
loyihalar asosida qayta qurish bo‘yicha chora-tadbirlar belgil anib, barchasi to‘liq
yakuniga yetkazildi. Atrofi obodonlashtirilib, daraxtlar o‘tqazildi. O‘sha paytda
ekilgan nihollar katta daraxt bo‘lib, majmuamizga chiroy bahsh etmoqda.
Bugun
majmuada muzey ham tashkil etilgan. U yerda noyob eksponatlar ko‘p. Jumladan, xitoy
ipak qog‘oziga bitilgan noyob Qur’oni karim qo‘lyozmasini shular qatoriga kiritish
mumkin. Bu muqaddas kitobning bo‘yi 60, eni 41 santimetr. Mazkur Qur’on uchun
usta Zarif degan kishi balandligi 1 metr 60 santimetrli lavh y asagan. Lavhada hijriy yil hisobi bilan 1266 (milodiy
1851) sanasi yozib qoldirilgan. Shuningdek, unga 12 qatordan iborat forsiy she’r
o‘yib bitilgan. Bundan tashqari, u yerda “Sharhi hikmat ul-ayn”, “Devoni Jomiy”
kabi uchta kitob mavjud. Muzey xodimlarining aytishicha, ushbu manbalar ancha yillar
oldin ziyoratgoh hovlisidagi qalin paxsa devor orasidan chiqib qolgan. Ziyoratgoh
atrofida katta qabriston ham bor. Hududi 50 gektardan ko‘proq. Ayni paytda buyuk
alloma xoki yotgan manzil mahalliy va xorijlik ziyoratchilar bilan gavjum.
Shamsul-aimma
al-Halvoniy kim bo‘lgan?
Abu Muin Nasafiy
ziyoratgohidan chamasi olti-yetti yuz metrlar masofa narida, janubi-sharq tomonda
yana bir ziyoratgoh mavjud. Mahalliy aholining fikricha, bu yerda ulug‘
mutafakkirning qabri bor. Faqat Nasafiy ziyoratgohidan farqli ravishda bu joyning
atrofi obodonlashtirilmagan. Shamsul-aimma
al-Halvoniy nomi bilan bog‘liq mazkur hududda maqbara bunyod etilgan. Ichkarisida
esa tuzilish tarhi kam uchraydigan qadimiy yakka qabr mavjud. Uning sirti maxsus
yasalgan naqshinkor koshinlar bilan bezatilgan. Mahalliy aholi shu paytgacha bu
yerni Hazrati Shayxon ota mangu qo‘nim topgan manzil deb bilgan. Bundan tashqari,
majmuada qadimiy imoratlarning qoldiqlari saqlanib qolgan.
Bu yerda boshqa
ziyoratgohlarda uchramaydigan holat kichik hajmli hujralardir. Sababi ularning har
biri oddiy paxsadan qilingan. Ko‘rinishi gumbazsimon shaklda bo‘lib, xonalar o‘z
davrida turli vazifalarni o‘tagani ko‘rinib turibdi. Maqbaraning orqa tomonida
ham bir paytlar qandaydir bino bo‘lganini anglash qiyin emas.
— Hududni obodonlashtirish
davomida turli qadimiy buyumlar chiqib qoladi, — deydi Elmirza Alimov. —
Barchasini bir yerga yig‘ib qo‘ yaman. Biror kun mutaxassislar kelsa, qaysi davrga
tegishli ekanini aniqlashar. Hozir topilmalarning ko‘pi juda qadimiy ekani
yatilmoqda. Agar arxeologlar vaqt ajratib, bu yerda ishlasa, yanada ko‘p narsalar
topilishi va majmua tarixi oydinlashishi mumkin.
Ushbu ziyoratgoh haqida
ma’lumot to‘plar ekanmiz, turli manbalarga duch keldim. Xususan, Shamsul-aimma
al-Halvoniy ismli kishi bilan bog‘liq manbalar Samarqand va Buxoro viloyatlarida
ham uchrashi haqida aytib o‘tilgan. Umuman olganda, alloma haqida ko‘plab
o‘rganishlar olib borilishi kerakka o‘xshaydi. Shundagina biz bugungi avlodga asl
tarixni ochib bergan bo‘lamiz.
Akbar RAHMONOV,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri