Iqtisodiy jarayonlarning susayishi sharoitda O‘zbekistonning taʼlim yo‘nalishida islohotlarni davom ettirganligi alohida eʼtirofga sazovordir

    Pokiston va xalqaro munosabatlar markazi prezidenti Amna Munavvar Malik Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasidagi nutqi haqidagi fikrlarini bildirdi.

    - O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida o‘tkazilgan Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasining ochilish marosimidagi nutqi bilan tanishishg asnosida mamlakatda taʼlim sohasini ilg‘or tajriba asosida isloh qilish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldim.

    Taʼlim sohasi yo‘naltirilgan mablag‘lar yordamida o‘rta va uzoq muddatda natija beradigan soha hisoblanishi sir emas. Sarflangan mablag‘lar natija berishini kutish esa doim ham sohaga zarur moliyaviy mablag‘larni yo‘naltirish imkonini bermaydi. Buning ustiga so‘nggi yillarda jahonda koronavirus pandemiyasi va uning oqibatida iqtisodiy jarayonlarning susayishi kuzatildi. Shunday sharoitda ham O‘zbekistonning taʼlim yo‘nalishida islohotlarni davom etirganligi alohida eʼtirofga sazovordir.

    Maktabgacha yoshdagi bolalarning 70 foizi qamrab olinganligi, 2025- yilga qadar bu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazish rejalashtirilayoganligi davlat rahbarining taʼlim, keng maʼnoda esa mamlakat kelajagi xususida qayg‘urayotganidan dalolat beradi.

    Taʼlimning to‘rt uzviy bo‘g‘inini xalqaro tajriba, zamonaviy interaktiv o‘qitish uslublari, amaliy bilim va ko‘nikmalarni jalb qilgan hamda moddiy-texnik bazani yangilagan holda qayta jonlantirish, mamlakat taraqqiyoti hamda aholi farovonligini oshirish yo‘lida tashlangan ulkan qadam hisoblanadi.

    Taʼlim va tarbiya jarayonining uzviy holda olib borilishi biz yashab turgan zamonning dolzarb masalalaridan. Yuksak tarbiya va chuqur bilimga ega yoshlardan albatta yetuk kadrlar yetishib chiqadi.

    Barqaror rivojlanishni taʼminlash, birgalikda global xavf va tahdidlarga qarshi kurashishda barcha sohalarda, jumladan, maktabgacha taʼlim yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, fundamental metodika va qo‘llanmalarni muvofiqashtirishning ahamiyati katta. Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjuman esa saʼy-harakatlarimizni birlashtirish uchun qulay sharoit yaratib beradi, deb o‘ylayman.

    O‘zbekiston Prezidenti va hukumatiga taʼlim sohasiga berayotgan eʼtibori, mamlakat va jahon yoshlari taqdiriga befarq bo‘lmayotganligi, bu borada kuch-g‘ayratini ayamayotganligi uchun minnatdorlik bildiraman.