Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022-yil iyun oyida 1062 birlikni tashkil etib, may oyiga nisbatan 6,2 foizga oshgan. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o'tgan yilning mos davriga nisbatan ham 51 foizlik o'sish qayd etildi.
Xususan, hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida yana bir marta eng yuqori o'sish sur'ati qayd etilgan bo'lsa, Surxondaryo viloyatida eng past o'sish kuzatildi. Bundan tashqari banklararo to'lov operatsiyalari soni 13 ta hududda oshdi.
Komponentlar darajasida quyidagi o'zgarishlar bo'lgan:
xo'jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 14,4 foizga oshgan;
faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bo'yicha komponent 1,9 foizga kamaygan;
tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 7,2 foizga oshgan;
tovar belgilari bo'yicha komponent 41,5 foizga kamaygan.
2022-yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o'tgan oyga (2022-yil may) nisbatan o'sish kuzatilgan. Sirdaryo (43,3%), Samarqand (43,0%), Navoiy (39,5%) va Surxondaryo (37,2%) viloyatlarida sezilarli darajada o'sish kuzatilgan.