Unga koʻra, ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023-yil sentyabr oyida 1073 birlikni tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 7,3 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizlik oʻsish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi oʻzgarishlar boʻlgan.
Sentyabr oyidagi ushbu oʻsish surʼati quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
- xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 2,8foizga oshgan;
- faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 1,5foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 13,8foizga oshgan;
- tovar belgilari boʻyicha komponent 17,3foizga oshgan.
Hududlar kesimida Jizzax viloyatida eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan.
2023-yil sentyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 11 ta hududda oʻtgan oyga (avgust) nisbatan oʻsish kuzatilgan. Jizzax (38,4%), Sirdaryo (31,9%), Qashqadaryo (21,6%), Namangan (16,1%), Toshkent (14,5%) va Buxoro (10,5%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan.
Bank hisob varaqalari boʻyicha operatsiyalar
2023-yil sentyabr oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 5 739,6 ming tani tashkil etdi va 2023-yilning avgust oyiga nisbatan 157,6 ming tranzaksiyaga (2,8%) oshgan.
Banklararo toʻlov operatsiyalari soni 3 ta hududda oshgan.
2023-yil sentyabr oyida respublikaning 3 ta hududida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Fargʻona (18,4%), Samarqand (1,0%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (6,1%) oʻsish kuzatilgan.
Shu bilan birga, 11 ta hududda yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni kamaygan. Sezilarli darajadagi kamayish Sirdaryo (- 24,2%), Toshkent (- 17,9%), Andijon (- 11,0%) va Buxoro (- 10,0%) viloyatlarida qayd etilgan.
Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik
2023-yilning sentyabr oyida IFIning birja komponenti 1,1376 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning oʻtgan oyga nisbatan 13,8 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 1,6 foizga hamda har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha hajmi 25,9 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023-yil sentyabr oyida 7 080,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 21,8 foizga oshgan.
Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning faolligi
Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2023-yil sentyabr oyida 1,0146 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 1,5 foizga oshganligini koʻrsatadi. Bundan tashqari ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 foizga sezilarli darajada kamaygan.
2023-yil sentyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni 2023-yilning avgust oyiga (505 351 birlik) nisbatan 8 252 taga oshib, 513 603 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni 41 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 411 306 tadan 418 711 tagacha oshgan (oʻsish 7 405 ta). Shuningdek, fermer xoʻjaliklari soni 90 424 tadan 91 230 tagacha (806 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 3 662 tani tashkil etib, 2023-yilning avgust oyiga nisbatan 41 taga oshgan.
Brendlarni roʻyxatga olish
2023-yil sentyabr oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,1734 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning avgust oyiga nisbatan 17,3 foizga oshgan. Joriy yilning sentyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 203 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.