Ishga zamonaviy yondashuv tadbirkorlar bilan hamkorlikni ham yangi bosqichga olib chiqmoqda

    Fikr 15 Dekabr 2024 305

    Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, kichik biznesni rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish yangi O'zbekiston taraqqiyotining eng ustuvor va asosiy yo'nalishlaridan.

    Bu boradagi keng ko'lamli islohotlar shundan dalolat beradi. YAngi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham ilk bor qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mulk daxlsizligini ta'minlash, bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoit vujudga keltirish bo'yicha davlat o'ziga aniq majburiyatlar oldi. 2024 yilning “YOshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili” deya e'lon qilingani ishlarni jadallashtirib yubordi.

    Biznes rivoji yo'lidagi sa'y-harakatlar natijasida yangi O'zbekistonda yangi tadbirkorlar sinfi shakllandi. Bugun har bir mahallada kamida 40-50 ishbilarmon bor. Ular minglab odamni doimiy ish bilan ta'minlagan.

    Prezidentimizning tadbirkorlar bilan an'anaviy tus olgan ochiq muloqoti kichik biznesni manzilli qo'llab-quvvatlash borasida ishchan muhit yaratishga zamin hozirlamoqda. Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlar oyoqqa turib olishi, faoliyatini kengaytirishi uchun mutlaqo yangi yondashuvlar ilgari surilmoqda. Xususan, o'tgan yilgi ochiq muloqotda soha vakillarini tadbirkorlikka o'qitish, ularga loyiha tayyorlab berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor, biznesiga sherik topish bo'yicha yaxlit ekotizim yaratish bo'yicha muhim tashabbuslar bildirilgan edi. Davlatimiz rahbarining ATB “Qishloq qurilish bank”ni “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantirish tashabbusi moliya muassasasi faoliyati, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlarining yangilanishiga puxta zamin yaratdi.

    Prezidentimizning 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, “Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturi tasdiqlandi. Moliya muassasasi mazkur dastur ijrosini ta'minlash va muntazam takomillashtirib borish bo'yicha asosiy tayanch bank etib belgilandi. SHuningdek, kichik tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy va konsul`tativ qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi dastaklar joriy etildi. Dasturni amalga oshirish uchun 2023-2026 yillarda davlat mablag'i hisobidan 6 trillion so'm va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag'i yo'naltirilishi belgilab qo'yildi.

    Aynan shu dastur asosida bank tomonidan hududlarda 14 ta Kichik biznesga ko'maklashish markazi ta'sis etildi. Ularning asosiy vazifasi tashabbuskorlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko'maklashish, o'z hisobidan yangi loyiha qilmoqchi bo'lgan tadbirkorlarni o'qitish, yangi loyihalarga zarur mutaxassislarni jalb qilish, biznes vakillari uchun buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari ko'rsatishdir. e'tiborli jihati, markazlarda o'qigan tadbirkorlarning loyihasi eng qulay shartlar asosida moliyalashtiriladi. Pirovardida mamlakatimizda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha “uzluksiz xizmatlar zanjiri” yaratildi.

    Natijalar — raqamlarda

    O'tgan qisqa muddatda bankimiz O'zbekiston bank-moliya sektorida o'z o'rnini egallashga erishdi. Aholi orasida qiyofasini yarata oldi. Bank standart usullardan voz kechib, o'z qadriyat va tajribasiga tayangan holda yangi sharoitga tezkor moslashib, moliya bozoridagi o'rnini mustahkamlamoqda. SHuningdek, zamonaviy va qulay xizmatlarni joriy etish, xizmatlar tarkibini kengaytirish, mijozlar ishonchini qozonish hisobiga moliyaviy xizmatlar bozoridagi kuchli raqobat sharoitida faol ildamlamoqda.

    Bugun Biznesni rivojlantirish banki 60 ta Bank xizmatlari ofisi va Bank xizmatlari markazlari orqali 1,6 milliondan ortiq mijozga xizmat ko'rsatmoqda. Jumladan, jismoniy shaxs maqomidagi mijozlar soni 1,5 milliondan ortiqni va yuridik shaxs maqomidagi mijozlar soni 80 ming 300 tani tashkil etmoqda. Joriy etilayotgan yangi xizmatlar mijozlar soni muttasil oshib borishi va yuqori moliyaviy ko'rsatkichlarga erishishga imkon bermoqda.

    2024 yil 1 dekabr` holatiga ko'ra, bankning umumiy kapitali o'tgan yildagiga nisbatan 800 milliard so'mga yoki 25,7 foiz oshib, qariyb 4 trillion so'mga etdi.

    Bank aktivlari o'tgan yilga nisbatan 23,1 foiz o'sib, jami aktivlari qariyb 33,3 trillion so'mni tashkil etmoqda. Bu o'tgan yildagiga nisbatan 6,3 trillion so'mga ko'p. Daromad keltiruvchi jami aktivlar 29,5 trillion so'mga etib, o'tgan yildagiga nisbatan 24,1 foiz o'sgan yoki 5,7 trillion so'mga oshgan. Daromad keltiruvchi aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 88,5 foiz o'sgan.

    Depozit siyosati moliyaviy barqarorlik va ishonchlilikni ta'minlovchi omillardan. SHu bois, bank faoliyatida depozit siyosatining iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilning 11 oyida bankdagi banklararo depozitlar qoldig'i qariyb 3 trillion 135 milliard so'mga etdi. Bu o'sish 2023 yilning mos davriga nisbatan 1 trillion 55 milliard so'mga ko'payganini anglatadi. Bankning umumiy depozit bazasi 10,6 trillion so'mdan oshib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 trillion so'mga ko'paygan va bu borada o'sish 14,1 foizga teng bo'ldi.

    Bankning kredit qo'yilmalari 2023 yildagiga nisbatan 1,9 foiz o'sib, 22,6 trillion so'mdan oshdi. Mijozlarga taklif etilayotgan qulay shartlardagi xizmatlar, soddalashtirilgan kredit amaliyoti, yuqori daromadli omonatlar, hisob raqamlarini ishonchli boshqarish barqaror rivojlanishda muhim omil bo'lmoqda. SHu bo'yicha 15 ta standart ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Bank xizmat ko'rsatish ofislari va Bank xizmatlari markazlari faoliyati mijozlarga yo'naltirilganlik modeli asosida tashkil etilmoqda. Natijada 24 mingdan ortiq yangi mijoz jalb qilindi. 184 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi orqali 650 ming jismoniy shaxsga xizmat ko'rsatildi. 157 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchasi orqali mijozlarga berilgan summa qariyb 308,6 million dollarni tashkil etdi.

    Taklif etilayotgan omonatlarga qulayligi va ommabopligi sababli mijozlar ishonchi ortmoqda. Joriy yil 1 dekabr` holatiga ko'ra, bank omonatchilari soni 720 mingdan oshdi. Omonatlarni mobil ilova orqali masofadan rasmiylashtirish va boshqarish imkoniyati yaratilgani ayni muddao bo'ldi.

    Bankimiz mijozlar ishonchi oshishiga mos ravishda muntazam takomillashib bormoqda. Tizimda faol yangilanishlar va transformatsiya jarayoni kechmoqda. Bu sa'y-harakatlar bank erishayotgan barqaror moliyaviy ko'rsatkichlarda o'z ifodasini topmoqda.

    Farovonlik yo'lidagi harakatlar

    Bank tomonidan iqtisodiyotning tayanch sohalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish, iste'mol va eksport tovarlarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo'naltirilgan kredit siyosati yuritilmoqda. Mamlakatimizda kichik va o'rta biznes korxonalarini rivojlantirish, xususiy tadbirkorlar sonini oshirish ustuvorligi hisobga olingan holda sarmoyalar ushbu sektorga yo'naltirilmoqda.

    Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlab, farovonligini oshirishga munosib hissa qo'shmoqda. Xududlarda yangi ish o'rinlari ochish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan biznes loyihalar faol moliyalashtirilmoqda.

    Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlik sub'ektlariga 4 trillion so'mga yaqin kredit ajratdi. Yo'naltirilgan mablag'ning 46 foizi, ya'ni 1,8 trillion so'mi tijorat kreditidir.

    “Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 1,7 trillion so'mdan ortiq kredit ajratildi. Bu ajratilgan jami kredit summasining 45 foizidir. SHuningdek, davlatning boshqa dasturlari asosida ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori 330 milliard so'mni tashkil etdi.

    Kredit mablag'larining eng katta qismi korporativ mijozlarga tegishli bo'lib, ularga 1,1 trillion so'm sarmoya yo'naltirilgan. O'rta biznes vakillariga 371,7 milliard so'm, kichik biznesga 612,9 milliard so'm, mikro biznesga 1 trillion 824 milliard so'm kredit ajratilgan.

    SHuningdek, tarmoqlar kesimida sanoatga 941,2 milliard so'm, qishloq xo'jaligiga 339,6 milliard so'm, qurilishga 495,8 milliard so'm, savdo va umumiy ovqatlanishga 857,5 milliard so'm, transport va kommunikatsiyaga 63,2 milliard so'm kredit yo'naltirilgan. Bundan tashqari, boshqa sohalar uchun yana 1,2 trillion so'm kredit taqdim etilgan.

    Jismoniy shaxslarga taklif etilayotgan kreditlar qulayligi, ommabopligi, zamon talablariga mosligi bilan jozibador ko'rinish kasb etmoqda. Hozir chakana biznes mijozlariga 29 turdagi kredit taklif etilmoqda. 2024 yil 1 noyabr` holatiga ko'ra, 62 mingdan ortiq chakana biznes mijozi uchun 2,1 trillion so'mga yaqin kredit ajratildi. Buning natijasida chakana yo'nalishidagi bank daromadi 21 foiz o'sdi.

    Mijozlarga bank mobil ilovasi orqali onlayn avtokredit, ta'lim krediti va mikroqarz olish imkoniyati yaratilgan. Bunda inson omilini cheklash, avtomatlashtirilgan skoring tizimi joriy etilishi evaziga kreditni ma'qullash uchun sarflanayotgan vaqt (Time to yes) 5-6 soatdan 30 daqiqagacha, kredit mablag'ini ajratish (Time to money) uchun sarflanayotgan vaqt 3-4 kundan minimum 40 daqiqagacha (mikroqarz), maksimum 3-4 soatgacha (avtokredit) qisqardi.

    Mijozlar talabidan kelib chiqib, “Biznesga birinchi qadam” kredit turi joriy etilishi orqali 317 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratildi. Buning natijasida 21 ming 388 fuqaroning ish bilan bandligi ta'minlandi.

    Tizim ham, uslub ham yangicha

    Bank kichik biznesni moliyalashtirish bilangina cheklanayotgani yo'q. Tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ishonchli hamkori bo'lishga intilmoqda. Tashkil etilgan 14 ta Kichik biznesga ko'maklashish markazida kichik biznes loyihalarini tanlash, tashabbuskorlarni o'qitish, axborot bilan ta'minlash, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bog'liq kompleks xizmatlar ko'rsatilmoqda. Buning uchun markazlar zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlandi va zamonaviy jihozlandi.

    Markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes ko'nikmalarini shakllantirish yo'nalishida qisqa va o'rta muddatli amaliy o'quv kurslarida o'qitilmoqda. YAngi joriy qilingan tizim asosida shu kungacha 54 ming 901 tashabbuskor o'qib, tegishli sertifikatga ega bo'ldi.

    Tadbirkorlikka o'qitishga qaratilgan loyihalar ham tatbiq etilmoqda. Bu borada bank va YAponiyaning YAmagata universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uning doirasida mamlakatimizdagi 10 mingga yaqin tadbirkorni o'qitish maqsad qilingan.

    YAponiya universiteti professorlari mamlakatimiz hududlarida bo'lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu safarlar davomida 150 faol tadbirkor ishtirokida o'quv kursi tashkil etildi. Keyingi bosqichda tadbirkorlar YAponiyaning “u-hope” dasturi asosida o'qitilmoqda. Ayni vaqtda 2 mingdan ortiq tadbirkor o'quv jarayoniga jalb qilingan. SHuningdek, 500 ga yaqin tadbirkor o'quv kursini tamomlab, sertifikat oldi.

    YAponiyalik mutaxassislar o'quv dasturlari jarayonida muvaffaqiyatli qatnashgan tinglovchilardan 24 mentorni saralab oldi. Bu tinglovchilar dastlab O'zbekistonda, keyingi bosqichda YAponiyaning YAmagata universitetida malaka oshirdi. Rejaga muvofiq, xorijda malaka oshirib qaytgan har bir mentor 296 trener tayyorlaydi. Tadbirkorlarni o'qitish jarayoni keyinchalik mazkur mentorlar tomonidan tashkil qilinadi.

    Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan yangicha tizim dastlabki samarasini bera boshladi. eng muhimi, bu tizim samarasi o'laroq, hududlarda yangi tadbirkorlik sub'ektlari vujudga kelmoqda va minglab biznes loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bular esa, o'z navbatida, aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

    Maqsad aniq, intilish qat'iy

    Bank o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan strategik maqsadlarni belgilab olgan. 2024 yilda xalqaro miqyosdagi etakchi konsalting kompaniya – KPMG bilan hamkorlikda Biznesni rivojlantirish bankining 2024-2026 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi. Mazkur strategiyada to'rtta asosiy maqsad belgilab olindi:

    birinchisi, kichik biznesga kompleks xizmatlar ko'rsatishda birinchi raqamli bank bo'lish. Bank kichik biznes vakillariga turli moliyaviy va maslahat xizmatlari taklif qilish orqali ular faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi;

    ikkinchisi, biznes rentabelligi va aktsiyadorlik kapitalini oshirish. Bankning asosiy e'tibori mijozlar daromadini ko'paytirish va o'z resurslaridan samarali foydalanishiga qaratiladi;

    uchinchisi, innovatsion IT echimlar va yuqori operatsion samaradorlikni ta'minlash. Zamonaviy texnologiyalar bank operatsiyalarini tezlashtirish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni soddalashtirishga yordam beradi;

    to'rtinchisi, kuchli korporativ madaniyat va aniq natijaga intiluvchi jamoani shakllantirish. Bank o'z xodimlarining malakasini oshirish va motivatsiyasini kuchaytirish orqali korporativ madaniyatni mustahkamlashga intiladi.

    Ushbu maqsadlarni amalga oshirish orqali 2026 yil yakuniga qadar bank aktivlari 27 trillion so'mdan 62 trillion so'mga va kapital 3,2 trillion so'mdan 7,1 trillion so'mga etkaziladi.

    Mijozlarga eng qulay hamda foydali shartlarda kreditlar taqdim etilishi natijasida 2026 yil yakuniga qadar bankning kredit portfeli 25 trillion so'mga yoki 2,1 barobar oshib, 46,8 trillion so'mga etkaziladi. Depozitlar qiymati esa 12,2 trillion so'mga yoki 2,3 barobar oshirilib, 21,6 trillion so'mga etkaziladi.

    Bank oldida turgan muhim maqsadlardan yana biri 2027 yilgacha kichik va chakana biznes bozorida qamrovni oshirishdir. Jumladan, kichik biznes vakillari bo'lgan faol mijozlar sonini 115,1 minggacha hamda bozorning 17,7 foizini, chakana biznesdagi mijozlar sonini 2,5 milliongacha oshirib, bozorning 16,7 foizini egallash belgilab olingan.

    SHuningdek, kelgusida mijozlarning 75 foiziga onlayn xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yib, ularni faol mobil ilova va internet-banking foydalanuvchilariga aylantirish rejalashtirilgan.

    Biznesni rivojlantirish bankining 2024-2026 yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasida ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun 11 yo'nalishda 70 dan ortiq tashabbus va 250 ga yaqin vazifa belgilangan. SHundan axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo'nalishida 27 ta tashabbus, inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishida 48 ta tashabbus, biznesni rivojlantirish bo'yicha 83 ta tashabbus amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Biznesni rivojlantirish bo'yicha tashabbuslardan 39 tasi kichik, 44 tasi chakana biznes yo'nalishida tatbiq etiladi.

    Hozir strategik maqsadlarga erishish uchun muntazam izlanish olib borilmoqda. Buning uchun 11 ta Agile guruhi shakllantirildi va ular tomonidan mijozlar ehtiyoji hamda talabini qanoatlantirish uchun zamonaviy talablarga mos yangi kredit turlari joriy qilinyapti.

    Prezidentimizning 2023 yil 15 noyabrdagi “Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, 2024-2026 yillarda kichik tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan kreditlar qoldig'ini 1,7 barobar oshirish orqali kredit portfelidagi ulush 28 foizdan 43 foizga etkaziladi. 150 mingta kichik tadbirkorlik sub'ekti faoliyati yo'lga qo'yilib, kengaytiriladi.

    Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jami 800 million AQSH dollari miqdorigacha resurslar jalb qilish vazifasi yuklatilgan.

    “Biznesni rivojlantirish banki” ATB O'zbekistondagi keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylandi. Jamoaning muttasil izlanishi orqali bank faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham yangicha bo'lishiga erishilmoqda.

    Kelgusida ham kichik biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash eng ustuvor yo'nalish bo'lib qoladi. Bank bundan buyon ham yangi ish o'rinlari ochish, aholi daromadini oshirish va jahon iste'mol bozorida raqobatbardosh eksportni ta'minlashga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishda faol ishtirok etadi. SHuningdek, xalqaro standartlarga mos, zamonaviy xizmatlarni taqdim qilish orqali moliya bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlash va mijozlar ishonchini qozonishga intiladi.

    SHuhrat Oripov,

    Biznesni rivojlantirish banki axborot xizmati rahbari