Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Sirdaryo tumanidagi YPX maskanida Qashqadaryo -Toshkent yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan fuqaro M.X.ning “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, ushbu avtomashina yuk xonasida 156 kg isteʼmolga yaroqsiz mol goʻshtini Toshkent shahridagi dehqon bozorida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.