Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti boʻlib oʻtdi

    Florensiya shahridagi tarixiy “Palasso Strossi” qasrida tarixchi va sharqshunos olimlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirokida tashkil etilgan marosimda Boburning hayoti va ijodi, “Boburnoma” asarining mohiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.

    Tadbirda italiyalik atoqli olim, professor Franko Kardini, “Palasso Strossi” majmuasi prezidenti, Italiya Senati aʼzosi Rekardo Nenchini, “Sandro Teti Editore” nashriyoti rahbari Sandro Teti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar soʻzga chiqib, “Boburnoma”ning ushbu mamlakatda nashr etilishi ikki davlat oʻrtasidagi ijtimoiy-maʼnaviy aloqalar rivojida muhim voqea boʻlganini taʼkidladilar.

    – “Boburnoma”ni ulugʻ shoir va mutafakkir, davlat arbobi Bobur ijodining durdonasi, XV–XVI asrlarda Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Hindiston va Eron hududlarida sodir boʻlgan tarixiy voqealar haqida hikoya qiluvchi oʻziga xos noyob ensiklopediya deb atash mumkin, – dedi Rekardo Nenchini. – XVIII asr boshlaridayoq “Boburnoma” Yevropa tillariga tarjima qilina boshlangan. Bugun biz taqdimot marosimini oʻtkazayotgan ushbu nashr italyan va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi adabiy va madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalarining samarali va yorqin namunasi sifatida dunyoga keldi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga juda katta hissa qoʻshmoqda. Albatta, biz uchun Sharq, xususan, Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk shaxslar hayoti va faoliyatini oʻrganish gʻoyat muhim ahamiyatga ega.

    – Oʻzbekiston rahbari janob Shavkat Mirziyoyevning soʻzboshisida qayd etilganidek, Italiya ilmiy va madaniy jamoatchiligining buyuk shoir va qomusiy olimning bebaho merosi, oʻzbek davlatchiligining uch ming yillik tarixi bilan tanishuvi xalqingizning maʼnaviy olami, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar mohiyatini anglashga yordam beradi. Asarni italyan tilida nashr etish jarayoniga malakali tarjimonlar, muharrirlar va dizaynerlar guruhi jalb etildi. Kitobning dunyoga kelishiga munosib hissa qoʻshgan barcha doʻstlarimizga, xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinovga, italiyalik taniqli turkiyshunos olim, professor Federiko De Rensi, tarjimon Federiko Pastore, atoqli italyan olimi va adibi Franko Kardini singari fidoyi insonlarga chin qalbdan minnatdorlik bildiraman.

    Ushbu muhtasham nashr boburiylar davriga oid 96 ta miniatyura bilan bezatilib, yuksak matbaa sifati bilan nashr etilgani alohida eʼtiborga loyiq.

    – “Boburnoma”ni xorijiy tillarga tarjima qilish muallifning hayotligi davridayoq boshlangan, – dedi Bahrom Abduhalimov. – Bugun bu oʻlmas asar Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Dante, Petrarka singari buyuk mutafakkirlar tiliga ilk bor tarjima qilindi. Bu nashr Bobur ijodining Italiyada, umuman, Yevropadagi madaniy jamoatchilik orasida, akademik doiralarda yanada keng tarkalishiga xizmat qiladi. Bu ijodiy loyihaning roʻyobga chiqarilgani oʻzbek va italyan olimlari oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni, shubhasiz, yangi pogʻonaga koʻtaradi.

    Tadbirda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov bugun Yangi Oʻzbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan madaniy merosni asrab-avaylash va targʻib etishga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab, italiyalik hamkasblar bilan ilmiy-maʼrifiy aloqalar izchil davom ettirilishiga ishonch bildirdi.

    – Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli bugun dunyo jamoatchiligi, jumladan, Italiya ahli ham Oʻzbekistonni qaytadan kashf etmoqda. – dedi Markaz direktori. – “Boburnoma”ning italyan tiliga tarjimasi bu yoʻldagi yangi amaliy qadamdir. Italiyada Amir Temur va temuriylarga, Bobur va boburiylar merosiga hurmat-eʼtibor yuqori ekanini koʻrib, mamnun boʻldik. Jumladan, Florensiyadagi Ufimsi galereyasida Sohibqiron Amir Temur bobomizning noyob portretini koʻrib, qalbimiz gʻururga toʻldi. Bolonya universiteti kutubxonasida ham Ibn Sinoning bir qator qoʻlyozma asarlari saqlanadi. Safarimiz davomida ular bilan ham yaqindan tanishish rejalashtirilgan. Shuningdek, Vatikan kutubxonasiga tashrif ham koʻzda tutilmoqda. Ishonamizki, u mashhur ilm-fan dargohida ham Vatanimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz merosiga oid yangi topilmalarga guvoh boʻlamiz.

    – “Boburnoma”ning italyan tiliga tarjimasini yirik madaniy hodisa sifatida baholash mumkin, – dedi tadbirda ishtirok etgan Italiyaning Vico kinokompaniyasi prezidenti Viktoriya Petrosyans. – Oʻzbekiston madaniy merosi gʻoyat boy va rang-barang. Bizning kompaniyamiz ham bir necha yildan beri oʻzbekistonlik hamkorlar bilan bu zamindan yetishib chiqqan ulugʻ allomalar hayoti haqida filmlar yaratib kelmoqda. Bizga buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilyapti. Men, ochigʻi, tarixiy merosga bunday yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam koʻrganman. Bu albatta har tomonlama ibratga loyiqdir.

    Ulugʻ ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning soʻnmas xotirasiga bagʻishlangan ilmiy-maʼrifi tadbirlar barcha ishtirokchilar qalbida yorqin taassurot qoldirdi.