Euronews telekanali ma'lumotlariga ko'ra, Italiyada kasallik yuqtirganlar sonining haftalik o'sishi 112 ming nafarga ko'paygan. Bosh vazir barcha viloyatlarni “qizil hudud” deb e'lon qildi. 24 dekabrdan 6 yanvargacha uydan zarur bo'lmagan holatda chiqish taqiqlandi, oziq-ovqat va dorixonalardan tashqari barcha do'konlar yopildi,  viloyatdan viloyatga ko'chib o'tish mumkin emas, bar va restoranlar ishlamaydi.

Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi bir kun ichida Italiyada koronavirusdan o'lganlar soni 628 taga ko'paygan. Koronavirus yuqtirganlarning aksariyati (3 mingdan ortig'i) Venetoning shimoliy hududiga to'g'ri kelmoqda. Rimda ko'chalar g'ayriodatiy ko'rinish  kasb etgan.
Kecha ma'lum bo'lishicha, epidemiyaning birinchi to'lqini paytida jiddiy kamchiliklar bo'lganligi sababli COVID-19 qurbonlarining 500 nafar oilasi  hukumat rahbari Jezeppe Konte, sog'liqni saqlash vaziri Roberto Speranse va eng ko'p zarar ko'rgan Lomabrdiya viloyati rahbari Attilio Fontanadan 100 million evro talab qilib, da'vo arizasi bilan murojaat qilmoqda.
Italiyada ko'pchilik kelayotgan 2021 yil yanada baxtli bo'lishiga umid qilmoqda.