Oʻrganishda Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti, Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi va Yaponiyaning Kiota sanʼat universiteti olimlari hamkorligida olib borilmoqda.
Samarqand arxeologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Amriddin Berdimurodovning taʼkidlashicha, Kabudan ark, shahriston va rabotdan iborat boʻlgan. Ark qismida shahar hukmdori, shahristonda zodagonlar, shahar tashqarisida oddiy aholi yashagan. Shaharning uchala qismi ham mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan boʻlib, hududda savdo-sotiq, hunarmandchilik, meʼmorchilik va shaharsozlik yaxshi rivojlangan.
Shahar turk xoqonligi davrida, yaʼni VI-VIII asrlarda gullab- yashnagan va turk-soʻgʻd munosabatlari, savdo-sotiq, madaniy aloqalar rivojlangan. Buni yodgorlikda olib borilayotgan qazishma ishlari davomida topilgan turk xoqonligining tangalarida ham koʻrish mumkin. Ushbu topilmalarni oʻz holicha saqlab qolish, tadqiqotlarni davom ettirish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida yodgorlikni YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish rejalashtirilgan.
– Bu qadimiy shahar Sugʻdga kirishdagi ilk kent hisoblanadi, – deydi Germaniyadagi Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti arxeologiya boʻlimi dotsenti Alisher Begmatov. – Lekin Kabudan haqidagi maʼlumotlar faqat qadimgi Xitoy manbalarida uchraydi. Bu shahar tepaliklardan iborat boʻlgani uchun Mingtepa yodgorligi deb, nomlanadi.
Ayni paytda hududda 60 ga yaqin tepalik mavjud. Shahar arablar istilosi tufayli VIII asr boshlarida vayron qilinadi va VIII asrning ikkinchi choragida shaharning barcha hududlarida hayot toʻxtaydi. Bu yerdan topilgan sopol idishlar, tangalar va turli buyumlardan koʻrish mumkinki, XI asrda, yaʼni qoraxoniylar davrida Kabudan shahrida yana hayot boshlanadi.
Mingtepa yodgorligining shahar qismi 40 gektar boʻlib, qishloq okruglari bilan hisoblaganda hudud 400 gektarni tashkil etgan.
– Qazishma ishlari davomida yodgorlik oʻrtasidan sharq-gʻarb yoʻnalishida yoʻl oʻtgani aniqlandi, – deydi Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti kichik ilmiy xodimi Husniddin Rahmonov. – Eʼtiborlisi, bu yoʻl hozirgacha saqlanib qolgan.
Sharqiy darvozadan kirib borishda yoʻlning oʻng tomonida shahriston, chap tomonida ark joylashgan. Arkning balandligi taxminan 12 metrni tashkil etadi. Shahriston tashqi mudofaa devori bilan oʻralgan boʻlib, devorning har ikkala tomonidan 90x40, 50x40, 25x25 metrli qoʻriqchi minoralar va qishloq makonlari joylashgan. Shahristonning shimoliy qismida 200 metr uzunlikda unga qoʻshimcha kuchaytirilgan mudofaa devori va undan keyin shahriston mudofaa devori qurilgan. Shahar shimoldan oqib oʻtgan Bulungʻur arigʻidan suv olgan.
2023-yilda shahristonning gʻarbiy qismida zodagonlarning ikki qavatli xonalari oʻrni ochib oʻrganildi. Xonalarning eni 2,5 metrdan 3 metrgacha, uzunligi 6-10 metr boʻlib, balandligi 3-5 metrni tashkil etadi. 7-xonadan eni 1,20 santimetr, uzunligi 3,70 santimetr, qalinligi 10 santimetr boʻlgan supa aniqlandi.
Birinchi qavat devorlari paxsadan qurilgan, uning ustidan somonli loy bilan suvalgan. 7-8-xonalar bir-biri bilan bogʻliq. Bu xonalarning ikkinchi qavatini 8-xonaning chiqish eshigi qismida ikkita, oʻlchami 25-30 santimetrli katta ustunlar devorning ikkala burchagiga oʻrnatilgan. Ushbu ustunlar oʻz navbatida ikkinchi qavat yogʻoch pollarini ushlab turishda yordam bergan.
Ikkinchi qavat devori 50x25x8-10 santimetr oʻlchamdagi gʻishtlar bilan ichkariga tortilib, arka qilib, tom usti yopilgan. Oʻrta Osiyoda V-VIII asrlarda tomni arkasimon qilib yopish keng tarqalgan.
Xonalardan topilgan kulollik namunalari VII-VIII asrning birinchi yarmi bilan davrlanadi. Qazishmalar davomida kundalik turmush tarzi, savdo-sotiq ishlarida ishlatilgan Soʻgʻd shohi Turgar tomonidan zarb qilingan bir qancha tangalar aniqlandi. Shuningdek, oʻchoqboshi, qozon, dekcha, qumgʻon, kosa, koʻza, piyola, finjon, likop, likopcha, tovoq, katta hajmdagi xum, xumcha, suv koʻza va boshqa turdagi kulollik idishlari topildi.
Bugungi kunda Mingtepa yodgorligida qazishma ishlari davom etayotgan boʻlsada, aholi va tadbirkorlar tomonidan yodgorlik hududida qurilish ishlarini amalga oshirish, tuproq olib ketish yoki chiqindi tashlash holatlari kuzatilmoqda. Arxeologlarning taʼkidlashicha, ushbu masala yuzasidan Madaniy meros agentligiga murojaat qilingan, ammo hozircha bundan naf boʻlmayapti. Umid qilamizki, Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi, hokimlik ushbu masalaga eʼtibor qaratib, qadimiy tariximiz bilan bogʻliq maskanning saqlab qolinishi va oʻrganilishi uchun sharoit yaratishga yaqindan yordam beradi.