Ulardan 90 ming 520 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Bu raqamlar oʻtgan 4 hafta ichida Yer yuzida SOVID-19 ni yuqtirish holatlari 89 foizga, oʻlim holatlari esa 8 foizga kamayganini ifodalaydi.
28 kun davomida eng koʻp bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
Xitoy — 3,48 million,
Yaponiya — 2,43 million,
AQSH — 1,32 million,
Janubiy Koreya — 736 ming,
Braziliya — 389 ming nafar.
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:
Xitoy – 40 812,
AQSH — 15 294,
Yaponiya — 9 874,
Buyuk Britaniya — 2 671,
Braziliya — 2 566 nafar.
JSSTning tavsiyasiga koʻra, koronavirusni jilovlash va pandemiyani bekor qilishga erishish uchun dunyo aholisining katta qismi toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi zarur.