"Ko'rshapalaklar to'planadigan joylar COVID-19ning kelib chiqishida ehtimoli katta manbadir", dedi Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining Xitoyga yo'naltirilgan xalqaro ekspertlar guruhi vakili Marion Kupmans.
“Albatta, virus qaerdan kelib chiqqanligi haqida versiyalar mavjud, ehtimol bu ko'rshapalaklar makoni bo'lishi mumkin”, dedi Kupmans CGTNga bergan interv`yusida.
Dushanba kuni XXR Sog'liqni saqlash davlat qo'mitasining ma'lum qilishicha JSST mutaxassislari delegasiyasi 14 yanvar kuni Xitoyga etib boradi. Ular yangi koronavirusning kelib chiqishi sababini o'rganishadi. Ekspertlar guruhi Yaponiya, Qatar, AQSH, Germaniya, V`etnam, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Daniya va Rossiya vakillaridan iborat.