Kasallanganlar roʻyxati koʻrsatkichi oʻtgan yil yozdagi murakkab vaziyatdan oshib ketdi. Vaziyat shu qadar jiddiymi? Shunday boʻlsa nega karantin choralari kuchaytirilmayapti?
Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy tarmoqlarida eʼlon qilinayotgan statistik maʼlumotlarning kunlik koʻrsatkichida baʼzida koʻtarilish yoki tushish kuzatilsada, bir xil darajada ushlanib turibti.
Ha, vaziyatni jiddiy deb baholash kerak, lekin bu yerda kasallanishda koronavirus infeksiyasi va pnevmoniyani tafovutlarini koʻrb chiqishimiz kerak.
Pnevmoniya kasalligi nafaqat virus, balki u bakteriya yoki boshqa turdagi infeksiyalar oqibatida rivojlanishi mumkin. Pnevmoniya odatda virusli infeksiyalardan keyin, bakteriya yoki boshqa infeksiyani qoʻshilishi oqibatida kuzatiladi va unda yoʻtal balgʻamli boʻladi.
Koronavirus infeksiyasi oʻpkada keltirib chiqaradigan oʻzgarishdan pnevmoniyani farqi mavjud, yaʼni koronavirus infeksiyasi oʻpkada pnevmonitni keltirib chiqaradi va unda yoʻtal quruq hamda balgʻamsiz boʻladi. Va oʻpkani jarohatlanishi doim ham kasallikni birinchi kunlari kuzatilmaydi. Oʻpkadagi oʻzgarishlar koronavirus infeksiyasida kasallikni 4-5 uzogʻi 6-7 kunlari rivojlanadi. Bu esa, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni hammasida ham oʻpkada jarohatlanish kuzatilmasligi mumkinligini bildiradi.
Oʻpkada koronavirus infeksiya natijasida rivojlanayotgan pnevmonit boshlanayotganligini shifokor aniqlashi mumkin. Shu bois, doimiy ravishda shifokor bilan bogʻlanib turish va salomatlik holatlari haqida bemorlar xabar berib turishlari kerak.
Karantin qoidalarini kuchaytirilishi boʻyicha talablar mavjud. Unda yangi kasallanganlar, mavjud davolash maskanlari va resurslar, hamda kasallanganlar va tuzalayotganlar solishtiriladi, hamda umumlashtiriladi, belgilangan chegara holatdan ortsa, shu vaqtda karantin kuchaytirilishi belgilanadi. Shu kabi holatlarni talabalar asosida doimiy ravishda mutaxasisslar oʻrganmoqdalar, karantin qoidalari kuchaytirilishiga asos paydo boʻlsa albatta kuchaytiriladi.