Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻrganishlar davomida, Koʻkdala tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2 ta 110 mln soʻmdan ortiq boʻlgan quyosh stansiyasini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha tender savdolariga taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, buyurtmachi tashkilotga (Koʻkdala tuman tibbiyot birlashmasi) “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, Qoʻmita koʻrsatmasi bilan tanlov savdosi bekor qilindi.