Taʼkidlanishicha, Galveston milliy laboratoriyasida oʻtkazilgan testlar natijasida sotuvda boʻlgan nikel koʻpigi orqali oʻtgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusining 99,8 foizi halok boʻlgan. Shuningdek, filtr Sibir kuydirgisining 99,9 foizini yoʻq qila olgan.
“Mazkur filtr koronavirus tarqalishini toʻxtatish yoʻlida aeroportlar va samolyotlarda, binolar ichidagi ofislarda, maktablar va sayohat kemalarida foyda berishi mumkin”, — deydi tibbiyot fanlari doktori Chjifeng Ren.
Shuningdek, olimlar stol ustiga oʻrnatilib, ofisdagi xodimlar uchun havoni tozalab berishga qodir modelni ham taqdim etmoqda.