Unda “Fargʻona-Toshkent” yoʻnalishidagi “Lacetti” avtomashinasi gumonlanib toʻxtatilgan va mashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan, 39 yoshli fuqaro Q.A. (Oltiariq tumanida yashovchi) oʻzini noodatiy tutganligi sababli tekshiruv oʻtkazildi.

Tadbir davomida avtomashina salonida 150 dona “tropikamid”, 2240 dona “Regapen” va 100 dona “Tramadol” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashirilib, Toshkent shahriga olib ketilayotganligi aniqlandi.

Olingan maʼlumotga koʻra, mazkur vositalarning “qora bozor”dagi narxi 150 mln soʻmdan ortiq.

Holat yuzasidan yoʻlovchi Q.A. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar beradi IIBB Axborot xizmati.