Buning uchun mazkur yoʻnalishda oʻtkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari oʻrganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish oʻlim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz koʻproq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.
Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga oʻzimizga yoqadigan jismoniy mashgʻulotlarni kiritish katta samara beradi.