Olimlar O‘zbekiston rahbarining mamlakatimizda, jumladan, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va tub islohotlarga qaratilgan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashlarini taʼkidladilar.
Kongres ishtirokchilari taʼkidlashicha, O‘zbekistonda uchinchi Renessans uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan milliy g‘oya, avvalo, puxta o‘ylangan madaniy siyosatga asoslangan. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat maʼnaviyatining yuksalishiga, xalq, ayniqsa, yosh avlodda vatanparvarlikni tarbiyalashga asos bo‘ladi. O‘zbekistonda milliy madaniyat sohasidagi tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, nomoddiy merosni saqlab qolish ishlari davlat darajasida amalga oshirilmoqda.
Olimlar, shuningdek, Jamiyat ishining natijalari bilan tanishtirishdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popova (Rossiya) mamlakatda ilm -fan va madaniyat muassasalari ishi davlatning g‘amxo‘rligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy irodasi bilan mustahkamlanganidan mamnunligini bildirdi.
«So‘nggi yillarda Jamiyat tomonidan yuzlab nashriyot, tadqiqot, media va ilm-maʼrifatga oid, jumladan, "O‘zbekiston madaniy merosi" ellikta rasmli turkum kitob-albomlarini nashr etish bo‘yicha keng loyihalar amalga oshirildi. Davlat ko‘magi tufayli bu jildlar har biri o‘n ming nusxada nashr etilib, O‘zbekistonning ilmiy va o‘quv muassasalariga, shuningdek, umumtaʼlim maktablariga bepul tarqatiladi. Jahon muzeylarida O‘zbekistonning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi ushbu turkumdagi ishlar, hujjatli va badiiy filmlarni chiqarish, ilmiy forumlar o‘tkazish, madaniy meros yodgorliklarini o‘rganish bilan bog‘liq boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda", deyiladi murojaatda.
«Biz, dunyoning turli mamlakatlari - Evropa, Osiyo va Amerikadan kelgan mutaxassislar, sizning bu sohadagi noyob tashabbuslaringizni har tomonlama qo‘llab -quvvatlashga tayyormiz. O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish sohasida ish olib borar ekanmiz, har birimiz O‘zbekiston hududida bronza davridan boshlab, qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan eng boy madaniyatning qadr -qimmatiga ishonamiz. Bu mamlakatning eng boy maʼnaviy va moddiy merosi jahon sivilizatsiyasi uchun abadiy qadriyatdir ”,-taʼkidladi Temuriylar sanʼati va tarixini o‘rganish uyushmasi (Fransiya) prezidenti va asoschisi Frederik Baupertuis-Bressand.
Kongress ishtirokchilari, Butunjahon jamiyati aʼzolari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi tashabbus va harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirishdi.