Ma'lum bo'lishicha, mazkur davlat xaridi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to'g'risida”gi va “Xo'jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida”gi Qonunlarining talablari buzilganligi aniqlandi.
Angor tuman maktabgacha ta'lim bo'limi bilan 2022 yil 27 yanvarda tuzilgan shartnoma huquqiy ekspertizadan o'tkazilmasdan taraflar tomonidan imzolangan va oradan 4 oy o'tgach, huquqiy ekspertizadan o'tkazilgan.
Shuningdek, “Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonunning 5-moddasida davlat xaridlarining asosiy printsiplari (moliyaviy mablag'lardan foydalanishning oqilonaligi, ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik) belgilangan.
Shu kabi ushbu Qonunning 19-moddasida davlat buyurtmachisi davlat xaridlarini amalga oshirishda o'z rasmiy veb-saytiga yoki o'zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, ommaviy axborot vositalariga e'lon joylashtirishi, davlat xaridlarini rejalashtirishi, bo'lajak davlat xaridlari to'g'risidagi e'lonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga va ommaviy axborot vositalariga joylashtirishi shart ekanligi qayd etilgan.
Angor tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan ushbu talablarga rioya qilinmagan holda davlat xaridi bo'yicha shartnoma imzolangan.
Bundan tashqari, “Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonunning 71-moddasiga ko'ra, davlat buyurtmachilari to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzilganligi to'g'risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e'tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart. O'rganilayotgan holat bo'yicha esa, 2022 yil 27 yanvar kuni tuzilgan 7-sonli shartnoma maxsus elektron axborot portaliga 113 kunga kechiktirib joylashtirilgan.
Mazkur holatlar bo'yicha to'plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi, deya xabar bermoqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati.