Mashhur Samsung smartfonlari eskirgan deb eʼlon qilindi

    Kompaniya Galaxy S20 va Note 20, shuningdek, Galaxy Z Flip va Galaxy Z Fold 2 qurilmalari uchun yangilanishlar chiqarmaydi.

    Samsung uch yil avval chiqarilgan smartfonlar uchun Android yangilanishini chiqarishdan bosh tortdi.

    Smartfonlar uchun Android 14 yangilanishini eʼlon qilar ekan, Koreya kompaniyasi bir qator qurilmalar yangilanishsiz qolishini aytdi. Xususan, Samsung Galaxy S20 va Note 20 flagman modellari, shuningdek, Galaxy Z Flip va Galaxy Z Fold 2 qatlama qurilmalari uchun yangilanishlarni chiqarmaydi.

    2022-yilda Samsung yangilash siyosatini oʻzgartirayotganini eʼlon qilgan edi. Shunday qilib, kompaniya brendning flagman smartfonlari chiqarilgandan keyin toʻrt yil davomida Android yangilanishlarini olishini tasdiqlagan. Biroq qoida 2022-yilgacha taqdim etilgan telefonlarga taalluqli emas.