Milliy palata shoshilinch tibbiy yordam mutaxassislari uchun oʻquv kurslari oʻtkazadi

    Salomatlik 25 May 2022 2282

    Bemorga tezkor va toʻlaqonli yordam koʻrsatish uchun shoshilinch (tez) tibbiy yordam tizimi har doim oʻz ishidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etib borishi kerak. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tomonidan 2022-yil 23-maydan boshlab tibbiyotdagi mazkur tahlil boʻyicha trening oʻtkazish boshlandi.

    Tinglovchilarning dastlabki guruhiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatining (SHTYO) viloyat, shahar va tuman boʻlinmalarining 115 nafar rahbar va mutaxassislari jalb etildi.

    Milliy palataning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi oʻquv kursi oʻtish huquqini tanlov asosida qoʻlga kiritdi.

    “Ishonchli dalillar asosida qarorlar qabul qilishda salohiyatni oshirib borish” nomli onlayn trening 72 soatga moʻljallangan boʻlib, bir qator indikatorlarga zamonaviy normalar va yondashuvlarni oʻz ichiga oladi. Ular, xususan, SHTYO koʻrsatish uchun tibbiy uskunalar va transport vositalaridan foydalanishning natijadorligini, “tez yordam”ni chaqirishda kasalliklarning asosiy guruhlarini, eng zarur dorilarni va hokazolarni tahlil etishda yordam berishi kerak.

    “Mamlakatimiz rahbari tomonidan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirishga katta eʼtibor qaratilyapti va biz yurtimiz SHTYO tizimiga eng yaxshi jahon tajribalarini jalb etishga hissamizni qoʻshishni muhim vazifa deb bilamiz”, — deb taʼkidlaydi Milliy palata rahbari Rovshan Izamov.

    Bevosita SHTYO tizimida ishlaydigan odamlar salohiyatini oshirish — bu muhim qadam. Bu “tez yordam”ning qisqa vaqtlar oraligʻida barcha dori vositalari yetarli boʻlgan holda koʻzga koʻringan mutaxassislik boʻlishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar tahlili zarurligini tushunish imkoniyatini beradi.

    “Har qanaqangi sohada ham kadrlar masalasi muhim masalalardan biri sanaladi, lekin tibbiyotda shifokorlarning, turli darajadagi rahbarlarning salohiyatini oshirish — doimiy jarayon. Bu fuqarolarimizni tashxislash va davolashda tibbiy yordam sifatini aniqlaydigan indikatorlarni joriy etish yoʻli bilan jahon sogʻliqni saqlash tizimining eng yaxshi uslublarini qoʻllash imkonini beradi”, — deydi Milliy palataning Toshkent shahar hududiy boʻlinmasi rahbari Elvira Marakayeva.

    Shoshilinch tibbiy yordam tizimi faoliyatiga bunday tahlil amaliyotini joriy etgandan soʻng bizning sharoitimizda maʼlumotlarni tahlil etishga samarali yordam beradigan dasturiy taʼminotni tanlash va undan foydalanish oson boʻlib qoladi. Zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimi odamlar salomatligini muhofaza qiladigan, vaqti kelganda hayotini asrab qoladigan, shu jumladan, raqamli imkoniyatlardan imkon qadar koʻproq foydalanishga intiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi.