Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 megavatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

    Energetika 21 Iyun 2023 1638

    Fotoelektr stansiyasi umumiy maydoni 1,42 gektarni tashkil etadi.

    Ushbu stansiyaga 1500 dan ortiq quyosh panellari oʻnatildi. Navoiy issiqlik energostansiyasida oʻrnatilgan quyosh panellari orqali yiliga oʻrtacha 1,8 mln kilovattsoat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

    Maʼlumot uchun: ushbu yashil stansiyadan foydalanish orqali korxonaning oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratiladi.