Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar ikki oyda qancha elektr energiyasi ishlab chiqardi?

    Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan.

    Ushbu fotoelektr stansiyalarda joriy yilning yanvar-fevral oylarida 55 mln. 876 ming kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning natijasida 15 mln. kub metr gaz tejalib, atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.

    Ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 140 mingta xonadonning ikki oylik isteʼmolini tashkil qiladi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.