Shu yilning 16-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida respublikamizdagi bir nechta yirik sanoat korxonalari qatori “Navoiyuran” davlat korxonasi ham 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi belgilangan.
Ushbu maqsadda, Korxona tomonidan “S&P Global Ratings” va “Fitch Ratings” tomonidan VV- (korxona mustaqil profili BB-, barqaror kutilma) darajasida qoʻlga kiritildi. Shu bilan birga, joriy yil aprel oyida “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan korxona “ESG” reytingi 3 daraja (55 baho) bilan baholandi.
Korxonaning dastlabki xalqaro obligatsiyalarini chiqarish jarayoniga bank-anderrayter etib CITI, Abu Dhabi Comercial Bank va Natixis investitsiya banklari, moliyaviy maslahatchi etib Finasia Capitals, huquqiy maslahatchi etib Dentons yuridik kompaniyasi va tashqi auditor sifatida “Deloitte” auditorlik tashkiloti hamkorlar sifatida tanlab olindi.
Joriy yilning 23-24-iyun kunlari London shahrida 64 ta yirik xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlar doirasida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning natijalari, xususan “Navoiyuran” DKda 2022-2024-yillarda olib borilgan transformatsiya samarali natijalari va kelgusidagi rivojlanish rejalari yuzasidan batafsil axborot berildi, Salohiyatli investorlar, korxonaning yevrobondlarini joylashtirish rejalariga yuqori qiziqish bildirdi.
Xalqaro investorlarining yirik buyurtmalari tufayli talab hajmi jami 93 ta investor tomonidan buyurtmalar hajmi 1,3 mlrd AQSH dollardan (talabdan 4,3 barobardan yuqori) oshganligi munosabati bilan foiz stavkasini tushirildi va yakuniy kupon stavkasini 6,70 foiz etib belgilashga erishildi.
Natijada korxonaning 300 mln AQSH dollari miqdoridagi 5-yillik yevrobondlarini 6,70% kupon stavkasida (dastlabki foiz stavkasiga nisbatan 0,675 foizga past) joylashtirildi.
Eʼtirof etish joizki, joriy yilda “Navoiyuran” DKsi London Stock Exchangeda Oʻzbekistonning korxona va tashkilotlari orasida eng past kupon stavka bilan joylashtirgan Debyut yevrobondi boʻldi.
Yevrobondlarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlar Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, transport va texnologik parkini kengaytirish loyihalariga, uran zaxiralarini koʻpaytirishga hamda xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma loyihalari uchun yoʻnaltiriladi.
Hamkorlik materiali












