Nima uchun Habib Nurmagomedov va SHahram G'iyosovlar ishtirokidagi reklama taqiqlandi?

    Sport 25 May 2020 1509

    Reklama bu savdoning muhim omillaridan bo'lib, u xaridorlarning e'tiborini tortuvchi muhim vositadir.

    Ayniqsa, reklamada dunyodagi mashhur sportchilar ishtirok etsa, bu juda yaxshi natija beradi. Taniqli sportchilarning reklama roliklarida ishtirok etishi har doim ham iste'molchilar ishonchini tez qozonadi, ularni ruhlantiradi.

    UFC chempioni, MMAning eng yaxshi jangchilaridan biri Habib Nurmagomedov, shuningdek, O'zbekistonning taniqli sportchisi SHahram G'iyosovlarga dunyoning millionlab yoshlari havas qilishadi. YOsh avlod ularning turmush tarzi va sportdagi yutuqlari bilan bog'liq barcha ma'lumotlarga qiziqadi. Ularning har bir so'zlari va maslahatlarini jon qulog'ini berib tinglashadi.

    Televizor ekranlari va ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov va SHahram G'iyosov ishtirok etgan reklama roliklari namoyish etildi. Va ular “ajoyib” ichimliklarning “sehrli” xususiyatlarini reklama qilishdi. Ularning ta'kidlashlaricha, energetik ichimliklar inson tanasiga engillik, hayotiylik, kuch-quvvat va cheksiz energiya beradi. Ammo...

    Sporchilarning energetik ichimliklar reklamasida ishtirok etishlari to'g'rimi? energetik ichimliklardan foydalanish o'spirin va yoshlar organizmi uchun zararli emasmi? O'zbekiston Respublikasining Qonunida bu haqda nima deyilgan?

    energetik ichimlik qanday ichimlik o'zi?

    “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida”gi qonunga kiritilgan o'zgartishlarga ko'ra, enegetik ichimliklar – bu 150 mg/l dan oshadigan kofeinni o'z ichiga olgan ichimliklar bo'lib, ular yuqorli karbonat mahsulotlar(uglerod kislotasi (H2CO3) sezilarli darajada mavjud)dir.

    Qanday iste'mol qilgan ma'qul?

    Mutaxassislar isbotlaganidek, bitta kokteyldagi kofein miqdori kunlik dozadan oshib ketadi. Va kuniga ikki yoki uch qutidan iste'mol qilish inson tanasi, ayniqsa, o'spirin va yoshlar uchun xavflidir. enegetik quvvatning haddan ortiq dozasi uyqusizlik va asabiylikni kuchaytiradi. Bunday ichimliklarni ichgan odamning qon bosimi oshib, yurak urishi tezlashadi.

    “Reklama to'g'risida”gi qonun 22-1moddasi “energetik ichimliklar reklamasi” bilan to'ldirilgan. Bundan buyon energetik ichimliklarni reklama qilishda bunday ichimliklarni haddan tashqari iste'mol qilishning xavfliligi to'g'risida ogohlantirish, shuningdek, ushbu ichimlikni iste'mol qilishi mumkin bo'lmagan odamlar to'g'risida ma'lumotlar qayd etilishi kerak.

    Qonunga ko'ra taqiqlangan holatlar:

    - 7:00 dan 22:00 gacha televizor va radioda energetik ichimliklar reklamasi;

    - o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar o'rtasida energetik ichimliklar namunalarini bepul tarqatish;

    - agar ichimlik nomi, savdo belgisi yoki tasviridan foydalanilsa, homiylik tadbirlari;

    - sotish, shu jumladan, tarqatish;

    - energetik ichimliklar reklamasini bolalar va o'spirinlar uchun mo'ljallangan ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tibbiy, sport va ta'lim muassasalarida reklama qilish.

    Ta'kidlash joizki, voyaga etmaganlar o'rtasida energetik ichimliklar tarqalishini cheklash bo'yicha chora-tadbirlar tegishli qonun loyihasi shaklida muhokama uchun kiritildi. SHundan so'ng Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga, joriy yilning 11 aprelida kuchga kirgan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to'g'risida”, “Reklama to'g'risida” qonunlariga tegishli o'zgatirishlar kiritildi.

    Asosiysi, sportchilar va taniqli shaxslarning energetik ichimliklarni reklama qilishlari taqiqlanadi.