Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻzbekiston tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T.C.” MCHJning “Yakkatut” MFY hududidagi savdo doʻkoni sotuvchisi N.M. umumiy bahosi 50,4 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 1 198 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Qoʻngʻirot va Taxtakoʻpir tumani boʻlimlari va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A. va R.M. “Әdebiyat” OFY va “Gʻarezizlik” MFY hududlaridagi savdo doʻkonlarda jami 892 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 820 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.