Oʻzbekistonning ushbu reytingda baholanishi xalqaro hamjamiyatdagi mamlakatimizning ijobiy imidjini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Boshqaruv sifati indikatorlarini shakllantirishda umumiy hisobda 30 ta axborot manbalaridan foydalaniladi. Oʻzbekistonning koʻrsatgichlarini hisoblashda oldingi yildan farqli oʻlaroq, 16 ta (“The Economist Intelligence Unit”, “Freedom House”, “Osiyo taraqqiyoti banki”, AQSH davlat departamenti, “Bertelsman fondi” va boshqa koʻplab tashkilotlar) axborot manbasidan foydalanilgan.
Oʻzbekistonni baholashda yangi qoʻshilgan axborot manbasi sifatida “Siyosiy xavf xizmatlari xalqaro mamlakat risklari boʻyicha qoʻllanmasi”maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Yangilangan reyting natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning barcha 6 ta indikatorlaridagi natijalarisezilarli darajada oʻsdi.
Jumladan, “Hukumat samaradorligi”koʻrsatgichida Oʻzbekiston 208 ta mamlakat orasida116-oʻrinni egallab, avvalgi natijasini 22 pogʻonagayaxshiladi. “Siyosiy barqarorlik va zoʻravonlik/terrorizimning mavjud emasligi” koʻrsatgichida natijamiz 19 pogʻonaga oʻsib 130-oʻrinda qayd etildi.
“Tartibga solish sifati” yoʻnalishidarespublikamizning oʻrni sezilarli darajada, 33 pogʻonaga oʻsdi. Bu borada Oʻzbekiston 144-oʻrinda qayd etildi.
Mamlakatimizning “Korrupsiyani tiyib turish”indikatoridagi natijasi 15 pogʻonaga yaxshilanib 161-oʻrinda qayd etilgan.
“Huquq ustuvorligi” yoʻnalishida mamlakatimiz168-oʻrin (+13 pogʻona), “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” koʻrsatgichi boʻyicha 182-oʻrinda (+12 pogʻona) qayd etildi.
“Tartibga solish sifati” koʻrsatgichida mamlakatimizning 33 pogʻonaga oʻsishiga bu borada soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar xizmat qildi.
Xususan, norma ijodkorligi sifatini oshirishmaqsadida tartibga solish taʼsirini baholash instituti joriy etildi. Huquqiy ekspertiza turlari korrupsiyaga qarshi va gender-huquqiy ekspertizalari orqali kengaytirildi.
Bu borada Adliya vazirligi tashabbusi bilan soʻnggi bir necha yil ichida 4000 dan ortiq oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlar tartibga soluvchi gilyotina usuli yordamida bekor qilindi. Natijada amaldagi qonunchilik 10 foizga qisqartirildi.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, navbatdagi maqsad “tartibga solish yuki”ni kamaytirish, qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish.
Shuningdek, qonun hujjatlarini kodifikatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Investitsiyalar vainvestitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan boʻlib, unda 3 ta qonun hamda 50 dan ortiqqonunosti hujjatlarini birlashtirgan. Shu bilan birqatorda, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinib, 100 dan ortiq qonun osti hujjatlari bekorqilindi.
Taʼkidlash joizki, huquqiy bazani ixchamlashtirish boʻyicha ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Adliya vazirligitomonidan “Tadbirkorlik kodeksi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib u bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilmoqda.
Bundan tashqari, byurokratiyani qisqartirish maqsadida ushbu kodeks loyihasida tadbirkorlik faoliyatidagi amaldagi tekshiruvlar soni 2 barobar qisqartirilishi nazarda tutilgan.
“Hukumat samaradorligi” koʻrsatgichida mamlakatimizning oʻrni yaxshilanishi maʼmuriy islohotlar bilan bogʻlash mumkin.
Bugungi kunda ushbu yoʻnalishdagi ishlar 2022-2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan asosiy yustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshirilmoqda.
Bu borada 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida» Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish», “Davlat boshqaruvi tizimida maʼmuriy yapparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish”, “Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish” maqsadlarini amalga oshirish belgilangan.