120 yorug'lik yili uzoqlikdagi, Quyoshdan sovuqroq va kichikroq yulduz atrofida aylanadigan ekzosayyora K2-18b deb nomlandi.
Uning diametri Yerning diametridan 2,6 baravar katta, sayyoramizdan 8,6 baravar og'ir. Sayyorada suyuq suv mavjudligi uchun mos sharoitlar mavjud.
Bundan tashqari, koinot agentligi sayyoraning atmosfera xususiyatlari bo'yicha kuzatuvlari u erda okean mavjudligi ehtimolini borligidan dalolat berayotganini ma'lum qildi.
“Metan va karbonat angidridning ko'pligi, shuningdek, ammiakning yetishmasligi K2-18b da vodorodga boy atmosfera ostida okean mavjud bo'lishi mumkinligi haqidagi farazni tasdiqlaydi”, — deyiladi hisobotda.
Olimlarning fikricha, bu sayyorada Yerda faqat tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan dimetilsulfid molekulalari ham aniqlandi. Biroq bu ma'lumotlar tasdiqlanishi kerak.
Shunday qilib, Yerdandan uzoq bo'lmagan masofadagi sayyorada hayot mavjud bo'lishi mumkin.
Biroq olimlar mazkur masalada shoshilmaslikni, sayyora bo'yicha ko'proq kuzatuvlar olib borish lozimligini ta'kidlashdi, deb xabar beradi korrespondent.net.