Hayotiy belgilarni kuzatish uchun mo‘ljallangan, yutib yuboriladigan VM Pill kapsulasi nafas olish va yurak urishi bilan bog‘liq tanadagi kichik tebranishlarni kuzatib boradi. Va agar odam nafas olishni to‘xtatsa, kapsula buni ichkaridan aniqlaydi.
Dastlab, yangi diagnostika moslamasi hayvonlarning oshqozoniga joylashtirish orqali sinovdan o‘tkazildi. Keyin, nafas olishni to‘xtatishi uchun hayvonlarga katta miqdorda fentanil dozasi berildi. VM Pill hayvonlarning nafas olish tezligini real vaqt rejimida o‘lchadi va o‘z vaqtida tadqiqotchilarni ogohlantirdi, ular hayot uchun xavfli alomatlarni to‘xtata oldilar.
Keyingi sinovda kapsulalar uyqu apneasi bilan og‘rigan o‘n nafar bemorga berildi. Taxminan vitamin kapsulasiga teng bo‘lgan qurilma ishtirokchilarning nafas olishi to‘xtaganini tezda aniqladi va ularning nafas olish tezligini 92,7 foiz aniqlik bilan kuzatdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tashqi hayotiy monitoring qurilmalari bilan solishtirilganda, yangi qurilma yurak urish tezligini kamida 96 foiz aniqlik bilan kuzatishga qodir.
Kapsula o‘zining xavfsizligini ham tasdiqladi: barcha tadqiqot ishtirokchilari foydalanishdan keyin bir necha kun ichida uni o‘z tanalaridan tabiiy ravishda chiqib ketganini ta’kidlashdi. Hozirda kapsulani organizm ichida uzoqroq muddatga qoldirish uchun versiyalar ishlab chiqilmoqda.
Kelajakda, shuningdek, opioidlarning dozasini oshib ketishi kabi hayot uchun xavfli vaziyatlarni bartaraf etish uchun dori-darmonlarni avtomatik ravishda yetkazib bera olishi uchun qurilmani yangilash rejalashtirilgan.