Yetti yil davomida olimlar jamoasi yura davrining oxirida Avstraliyadan ajralib chiqqan Argoland qit`asi qoldiqlari qayerda joylashgan bo'lishi mumkinligini o'rgandi. Hind okeanida Argo tubsiz tekisligi uning mavjudligiga dalil bo'la oladi. Cho'kib ketgan qit'aning bir tomoni deyarli besh ming kilometrga yetgani taxmin qilinmoqda.
Olimlar qit'a ming yillar davomida Janubi-Sharqiy Osiyo tomon siljigan degan xulosaga kelishdi. Shundan so'ng (trias davrining oxirida) u arxipelagga bo'lingan va suv ostida g'oyib bo'lgan. Ayni paytda uning tosh bo'laklari Hind okeanining tubida joylashgan bo'lib, ular Indoneziya va Myanma mintaqasidagi kichik orollarga birlashgan.
Olingan ma'lumotlarga asoslanib, geologlar Argolandni bosqichma-bosqich yo'q bo'lib ketishi xaritasini yaratishga muvaffaq bo'lishdi, deb xabar beradi lenta.ru.