Shu yilning 4-avgustga oʻtar kechasi boʻlib oʻtgan jangda oʻzbekistonlik murabbiy jangdagi tanaffus davomida Munarbekning yuziga suv sepib turdi va unga jang usullari haqida kerakli maslahatlar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev akkreditatsiya muammolari sabab Parijga bora olmagan.
Qiyin pallada qoʻshni mamlakat sportchisini qoʻllab-quvvatlagan oʻzbekistonlik murabbiyning ushbu qarorini ijtimoiy tarmoq faollari Markaziy Osiyo birodarligi deya olqishlashmoqda.