Maʼlumotga koʻra:
- Oliy toifali tibbiy brigada hamshirasining oʻrtacha maoshi 2,5 mln. soʻm, ustamalar bilan 5,0 mln. soʻm;
- Oliy toifali operatsiya hamshirasining oʻrtacha oylik ish haqi 3,0 mln. soʻm, ustamalar bilan 6,7 mln. soʻm;
- Oliygohni yangi bitirgan salohiyatli oilaviy shifokorning ish haqi 2,7 mln soʻm, ustamalar bilan 5,4 mln soʻm. Ilmiy darajasi boʻlganda 6,2 mln soʻm, yangi ish boshlaganligi uchun qoʻshimchasi bilan esa 7,2 mln soʻm;
- agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa 9,2 mln soʻm;
- Oliy toifali xirurg shifokorning oʻrtacha maoshi 4,7 mln soʻm, yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshirganda 5,9 mln soʻm, ustamalar bilan 9,4 mln soʻm, ilmiy darajasi boʻlsa 12,3 mln soʻm;
- Oilaviy shifokorlik punktida ishlovchi oliy toifali shifokorning oʻrtacha maoshi 4,9 mln soʻm, ustamalar bilan 9,8 mln soʻm, ilmiy darajasi boʻlsa 12,7 mln soʻm;
- Agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa – 14,7 mln soʻm;