Omikronga chalinganlar orasida koviddan keyingi sindrom kamdan-kam holatlarda uchraydi. Bu holat holsizlik, xotiraning pasayishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, arterial bosimning ko'tarilishi yoki tushishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi, ba'zida ta'm va hid sezish qobiliyatining pasayishi kabi alomatlar orqali namoyon bo'ladi”, deydi mutaxassis.

Rujentsovaning so'zlariga ko'ra, koronavirusdan keyingi holatning qanday bo'lishi bemor immuniteti, salomatlikning umumiy holati, o'z vaqtida va to'g'ri davolanishga bog'liq, deyiladi iz.ru saytida.