Davlat mehnat inspeksiyasining eslatib oʻtishicha, pedagog xodimlarni kasbiy faoliyatiga aloqador boʻlmagan ishlarga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish yoki qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish qonunchilikka koʻra qatʼiyan taqiqlanadi. Bunday holatlar uchun javobgarlik belgilangan.
«Agar shu kabi qonunbuzilish holatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, ularni munosibmehnat.uz Telegram-boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga yuborish mumkin«, — deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, qonun doirasida tegishli choralar koʻriladi.