Oʻrta asrlar kulolchilik mahsulotlaridagi bitiklar nimani anglatadi?

    Samarqandda yasalgan konussimon kosa yana bir shunday ibora bilan bezatilgan: “Albatta, saxovatlining ahvoli oʻzgarsa ham qalbi olijanob boʻlib qolaveradi”.

    X – XII asrlarga mansub kulolchilik durdonalari islom madaniyati va sanʼatiga oid oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi.

    Qadimiy sopol buyumlardagi epigrafiya – kalligrafik usulda chizilgan yaxshi tilak va hikmatli soʻzlardan iborat boʻlgan.

    Aksariyat yozuvlarda xayr-saxovat, insoniylik kabi fazilat ulugʻlangan.

    Masalan, “Sahiylik jannat ahlining mulkidir”, “Sahiylik solihlarning mulkidir” degan iboralar Somoniylarning kulolchilik buyumlariga bitilgan.

    Samarqandda yasalgan konussimon kosa yana bir shunday ibora bilan bezatilgan: “Albatta, saxovatlining ahvoli oʻzgarsa ham qalbi olijanob boʻlib qolaveradi”.

    Kulolchilik mahsulotlaridagi hikmatlar “sadaqa” tushunchasi haqida eslatadi. Unga koʻra agar imkon boʻlsa, kambagʻallarga sadaqa berishi kerak.