Ortiqcha vazning jigarga salbiy ta'siri aniqlandi

    Yaponiyadagi Tokio universiteti olimlari semizlik jigar metabolizmini sezilarli darajada o'zgartirishini aniqlashdi.

    Semirib ketishning ushbu organga salbiy ta'sirini yaxshiroq tushunish uchun tadqiqotchilar ovqatlanish va ochlik davrlaridan keyin normal va semiz sichqonlarning jigarlarini solishtirishdi.

    Normal holatdagi sichqonlarda allosterik regulyatsiya (metabolizmni boshqaradigan jarayon) oziqlantirish paytida bosildi, ochlik paytida esa faollashdi. Biroq, semirib ketgan sichqonlarda allosterik regulyatsiya oziqlantirish paytida oshdi va ochlik paytida kamaydi. Olimlarning fikricha, bu charchoq va ishtahaning pasayishi kabi metabolik muammolarga olib kelishi mumkin.

    Oziq-ovqat iste'mol qilinganda, jigar energiyani yig'adi, kerak bo'lganda chiqaradi. Ushbu tizim metabolik gomeostaz deb nomlanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, semizlik nafaqat jigar faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi, balki butun organizmgi metabolik davrlarni ham o'zgartiradi, deb xabar beradi lenta.ru.