Musobaqada ko‘plab sportchilar – 60 nafardan ortiq yosh va iqtidorli, qolaversa tajribali chavandozlar ishtirok etishdi. Musobaqalar nafaqat taniqli va professional sportchilar o‘rtasida o‘ziga xos raqobat xarakterida bo‘ldi, balki ba’zi toifalarda sportchilar birinchi marta ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bundan xulosa qilish mumkinki, yurtimizda bolalar va yoshlar o‘rtasida ot sportini ommalashtirish tobora kuchayib bormoqda.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-marshrut – 100 sm to‘siqlardan sakrash bo‘yicha (12-15 yoshli bolalar).
1. Valijonov Boburjon – “Abaja Dos Dorados” laqabli otda,
2. Mirvohidov Xorun – “Hokim”,
3. Sharipov Akbar – ‘Kechmeker”,
1-marshrut – 100 sm to‘siq, 16 yosh
1. Toxirjonov Lochinbek – “Kvintet G”,
2. Kamalova Malika – “Kristal”,
3. Riksibayeva Anjelina – “Lotlo”,
Yo‘nalish raqami-2 – 110 sm to‘siq balandligi
1. Tolibboyev A’zam – “Klass C” laqabli otda,
2. Fozilxo‘jayev Yermuhammad – “Artist”,
3. Rozumuxamedov Begzod – “Arnella”,
Yo‘nalish raqami-3 – 120 sm to‘siq balandligi
1. Abdurahmonov Dilmurod – “Kalibri”,
2. Tolibboyev A’zam – “Kontendro”,
3. Musayev Mirzohid – “Balus Komtes”.