Unga koʻra, Chilonzor tumani huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi va Milliy gvardiya tomonidan hayvonlarni xavfli vaziyatda qoldirilishi oqibatida ikki bosh otning nobud boʻlishi hamda qolgan otlarning holsizlanishiga sabab boʻlganligi yuzasidan barcha fakt va omillar hisobga olinib, tekshiruv oʻtkazildi.
Yakuniy tekshiruv natijalariga koʻra, otlarning holsizlanishi va nobud boʻlishida aybdor boʻlgan shaxslar – 1958-yilda tugʻilgan S.A. va 1958-yilda tugʻilgan U.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi, 1-qismida (“Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda boʻlish”) nazarda tutilgan huquqbuzarlik boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirildi va ularning har biriga 900 ming soʻmdan jarima solindi. Bundan tashqari, Otchopar rahbariyatini almashtirish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.